Dunyodagi g‘ayrioddiy yuk tashishlar
Logistika tarixida juda ko‘p qiziqarli va g‘ayrioddiy buyurtmalar bo‘lgan. Masalan, Amerikada butun bir xususiy uylarni tashib berish xizmati qo‘llanilib kelinayotganligi aholini ajablantirmasa kerak. Odatda u yerdagi uylar an’anaviy tarzda yengil materiallardan quriladi, biroq bu - yuk tashishlar va noodatiy jo‘natmalarga oid misollardan biridir.
Bugun tashuvchilar ularni yetkazib berish uchun ko‘p kuch sarflashlari kerak bo‘lgan “boshqacha yuk”larni ko‘rib chiqamiz.
Kosatkaning sayohati
Bu ko‘p yillar asirlikda yashab, okeanga qaytgan afsonaviy kitning hayot yo‘li hikoyasi.
Delfinlar oilasiga mansub Keyko ismli sutemizuvchi taxminan 10 yil davomida Meksikadagi tomosha parkida yashagan. “Villini qutqaring” filmini suratga olish jarayonida odamlardan qo‘rqmaydigan hayvon so‘raladi, tanlov meksikalik kosatkaga tushadi.
Samolyotda uni AQShga, suratga olish ishlari tugagach esa vataniga olib ketishdi. Keyko odamlarga shunchalik ko‘nikib qolgan ediki, u ozodlikka chiqib erkin suzishdan bosh tortdi, lekin baribir okeanga qo‘yib yuborildi.
“Indevor” kosmik shattli
2011 yilda o‘z faoliyatini yakunlagan kosmik kema Kaliforniyadagi ilmiy markazga yetkazib berishga qaror qilindi. Shattl Los-Anjeles ko‘chalari bo‘ylab soatiga 3 kilometr tezlikda 19 kilometr masofani bosib o‘tdi. Uning katta o‘lchami yo‘l bo‘ylab ekilgan 400 ta daraxt kesilishini talab qildi.
Samolyot
2011 yilda Sankt-Peterburg aholisi shahar ko‘chalarida g‘ayrioddiy manzaraning guvohi bo‘lishdi: og‘ir yuk mashinasi samolyotni olib ketayotgan edi.
Samolyot platformada biroz g‘ayrioddiy tarzda - transport vositalari yo‘nalishi bo‘yicha emas, balki ko‘ndalang joylashtirilgan edi. Uning dumi mo‘’jizaviy tarzda elektruzatish tarmoqlariga tegmadi.
Dinozavr
Tailanddagi transport kompaniyalarining biriga katta haqiqiy o‘lchamdagi dinozavr jussasini tashish buyurildi.
Shakl robotlashtirilgan bo‘lib, tiranozavr og‘zi bog‘lab qo‘yilgan holda o‘kirish tovushlarini chiqarardi. Albatta bunday yuk yo‘l harakati qatnashchilarining e’tiborini tortmay qolishi mumkin emas edi. Bunday tashish tirbandliklarni keltirib chiqargani sababli politsiya transport kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida bir nechta jarima soldi.
15 metrli neft ombori
Finlyandiyada diametri 15 metrdan ortiq bo‘lgan yirik neft omborini boshqa joyga o‘tkazish zarurati paydo bo‘ldi. Ichida portlovchi modda bo‘lgan konteyner o‘ta ehtiyotkorlik bilan jo‘natilishi lozim edi.
Umumiy yuk ko‘tarish quvvati taxminan 250 tonna bo‘lgan saqlash ombori ikkita yirik og‘ir yuk mashinalariga yuklatildi. Neftni qayta ishlash zavodi hududida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida avtomobillar sinxron tarzda harakat qildi. Tashish masofasi unchalik uzoq bo‘lmasa-da, mutaxassislar bu ishni a’lo darajada bajarishdi.
130 million asalari
Bu ish muvaffaqiyatsiz tugadi. AQShda Kaliforniyadan Dakotaga ketayotgan asalarilar orttirilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Mashina ta’mirlangunga qadar arilarning ko‘pchiligi uchib ketishgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.