Dunyodagi o‘rganilishi qiyin bo‘lgan tillar

 

Ularning barchasi «Ginnesning rekordlarkitobi»da qayd etilgan

Boshqa tilning so‘z boyligi va grammatika asoslarini o‘zlashtirish niyatida bo‘lgan kishi bu tillarni o‘rganish uchun katta g‘ayrat va ko‘p vaqt sarflashi kerak bo‘ladi. Qiyinchiliklarfikrlarni og‘zaki va yozma ifodalashning har qanday tizimini o‘rganishda paydo bo‘ladi.

1991 yilda Ginnesning rekordlar kitobituzuvchilari dunyodagi o‘rganilishi judayam qiyin bo‘lgan beshta tilni taqdim etdi.

Xitoy tili

Bu til hatto ularning ba’zilari yozilishi juda qiyin bir necha o‘n minglab iyeroglif tizimi bilan ajralib turadi.

Yana bir qiyinchiligi, xitoy tili ohangli tilhisoblanib, ushbu xususiyat o‘quv jarayonini yanadamurakkablashtiradi.

Shunday bo‘lsa-da, xitoy tilining asoslarinio‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki dunyoda bu tilda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 1,3 milliardga yaqin.

Tabasaran tili

Dog‘iston xalqlaridan biri tabasaran tilidaso‘zlashuvchilarning umumiy soni 146 mingdan sal ko‘proq.

Tilning asosiy qiyinchiligi undagi juda ko‘p kelishiklarning mavjudligi: tabasaran tilida 48 ta kelishik bor.

Hayda

Ushbu til so‘zlashuvchilari (gap tom ma’noda bir necha yuz kishi haqida ketyapti) Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismida yashaydi.

Hayda tilidagi 70 ta prefiks (old qo‘shimcha)dan foydalanish uni o‘rganmoqchi bo‘lganlar ishini murakkablashtirib yuboradi.

Chippeva

Bu tilda 5 mingga yaqin odam gaplashadi. GapAQShdagi bir nechta rezervasiyalarda yashovchiOjibve xalqi vakillari haqida bormoqda. Tildagi 6 ming fe’l shakllari mavjudligi sababli uni o‘rganish nihoyatda qiyin.

Eskimos tili

Kanadaning Arktika arxipelagida, shuningdek, Grenlandiya orolida yashovchi ba’zi odamlar bu tilda so‘zlashadi.

Eskimos tili 63 ta hozirgi zamon shakllari, shuningdek, otlarning ko‘p shakllari tufayli juda murakkab.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.