Dunyoning boylari vaqtdan qanday foydalanadi, kundalik ishini qanday taqsimlaydi?

Insonning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning harakatlariga bog‘liq. Quyida o‘z maqsadlariga erishgan kishilardan o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan yaxshi odatlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 Ertalabki kun tartibingizni o‘zgartirmang 

Taniqli tadbirkor va investorlar o‘zlarining ertalabki kun tartibiga ega: ular kundan kunga takrorlanadigan harakatlarni ketma-ketlikda bajaradi. Masalan, Uoren Baffet soat 6:45 da uyg‘onadi, yangi gazetalarni o‘qiydi. Ilon Mask soat 7:00 da turadi, dushdan so‘ng nonushta qilmasdan ishga chiqib ketadi.  

Har kim o‘zi uchun ertalabki kun tartibini belgilaydi: bu 15 daqiqa yoki bir necha soat bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar jadvalni bekor qilish yoki buzish mumkin emas. 

Shu tariqa to‘satdan sodir bo‘ladigan ishlar rejalarimizga xalaqit bermasligini va yuklatilgan vazifalarimizni boshqarishni o‘rganamiz. Bundan tashqari, bu tartib bizni kun davomida energiya bilan ta’minlaydi.

 Avval harakat, so‘ngra tahlil 

Aksariyat odamlar doimo muhim narsalarni orqaga surib qo‘yishadi. Muvaffaqiyatli odamlar loyihani iloji boricha tezroq amalga oshirishga intilib, natijasini keyin baholaydilar. Ular nazariyaga vaqt sarflamaydi, balki g‘oyani amalda sinab ko‘rishadi va keyinchalik tuzatish kerak bo‘lgan narsalarni tahlil qilishadi. 

Xayoliy dunyoga emas, balki voqelikka e’tibor qaratish kerak. Shunda siz aniq natijalar va o‘z fikrlaringizni yaxshilashga yordam beradigan mulohazalarni olasiz.

 Sport uchun vaqt topish 

Uorren Baffet har kuni besh banka gazlangan suv ichadi va Makdonals taomlari bilan nonushta qiladi, u o‘zining bandligiga qaramasdan jismoniy mashqlarga vaqt ajrata oladi. 

Ilon Mask esa haftasiga 100 soat ishlaydi, ammo muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanadi. 

Hafta davomida qilinadigan ishlar ro‘yxatini tuzing va qaysi vaqtda mashq qilishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Bu har qanday kasb egasi uchun muvaffaqiyatga erishishning tarkibiy qismlaridan biridir.

 Har kuni bir vaqtda uyg‘onish 

Agar siz har kuni bir vaqtning o‘zida tursangiz, demak siz kuningizni nazorat qilasiz va vazifalaringizni boshqara olasiz. Mabodo, biron joyga kechikib borsangiz, nafaqat o‘zingiz, balki boshqalarning rejasini buzasiz, bu bir talay noqulayliklarni keltirib chiqishi bilan birga, ularning sizga bo‘lgan ishonchini ham yo‘qotadi. 

Odatni rivojlantirish kifoya, shunda kechqurun uyqu, ertalab esa budilniksiz turish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi.

 Doim kun rejasiga rioya qilish 

Muvaffaqiyatli odamlar unga berilgan topshiriq ustida ishlashni xohlamasdan o‘zi tuzgan kunlik rejasiga sodiq qoladi. Natijalarga erishish uchun o‘z qulaylik hududidan chiqib ketishi kerak. Ba’zida bu qiziqarli bo‘lmagan ishni bajarishni talab qiladi. 

Ushbu qoidaga rioya qilish uchun siz barcha vazifalarni yozib olish uchun taqvimdan foydalanishingiz mumkin. Masalan, Bill Geyts kunlik ishlarini 15 daqiqali interval bilan, Mask esa kunlik ishlarini 5 daqiqalik vaqt oralig‘i bilan rejalashtiradi. 

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.