Dunyoning eng hashamatli qamoqxonalari

Biz qamoqxonalar haqida fikr yuritganimizda to‘laqonli yashash uchun yetarli sharoitdan yiroq, qo‘rqinchli maskan ko‘z oldimizga keladi. Qamoqxonalar birinchi navbatda, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash maqsadida ozodlikdan mahrum qilinganlarni saqlash maskani hisoblanadi.

Biroq dunyoning ko‘plab qamoqxonalari insonni qayta tarbiyalash o‘rniga, uni yanada vahshiylashtirib yuborayotgan holatlar ham uchramoqda. Ba’zida nohaq qamalgan insonlar u yerdan ashaddiy jinoyatchi bo‘lib chiqayotir.

Yaqinda saytimida dunyoning eng yomon qamoqxonalari to‘g‘risida ma’lumot bergandik. Bu gal jahonning eng shinam, qulay va insonparvar qamoqxonalari haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslar ayrim ozodlikda yurgan insonlardan ko‘ra, yaxshiroq sharoitda hayot kechiradi. Ularning xonalarida shaxsiy yuvinish xonasi, oshxonasi, hatto uy kinoteatri ham bor.

“Pandok-Bambu” qamoqxonasi (Indoneziya)

Indoneziyaning bu qamoqxonasida asosan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan mahbus ayollar saqlanadi.

Тюрьма Пандок-Бамбу

Ularning xonalarida barcha qulayliklar mavjud bo‘lib, televizor, yumshoq mebel, gilam va barcha maishiy buyumlar mahbuslar xizmatida. Bu yerda hatto go‘zallik salonlari, karaoke barlari faoliyat yuritadi. Uy bekalari uchun turli to‘garaklar joriy etilgan. Qamoqxona giyohvand ayollarni to‘g‘ri hayotga qaytarishga ixtisoslashtirilgan.

“Aranxues” qamoqxonasi (Ispaniya)

Тюрьма Аранхуэс

“Araxues”ning boshqa qamoqxonalardan ajralib turadigan jihati shundaki, u yerda “oilaviy xonalar” joriy etilgan. Mazkur jazoni o‘tash maskanida mahbuslar o‘z oilasi bilan yashashi mumkin. Oila a’zolarining kelish va istiqomat qilish vaqti chegaralanmagan. Agar er ham, uning rafiqasi ham jazoga mahkum etilgan bo‘lsa, jazoni shu yerda birgalikda o‘tashadi. Biroq juftlikning yosh farzandi bo‘lsa, u ota-onasi bilan faqat 2-3 yoshgacha qoladi. Oilaviy xonalarda bola uchun barcha qulayliklar mavjud.

Muassasaning asosiy maqsadi oila institutini rivojlantirish, ota-onalar tomonidan farzandlariga tarbiya va mehr berilishini ta’minlashdan iborat.

“Adolat markazi Leobon” qamoqxonasi (Avstriya)

Ushbu jazoni ijro etish muassasasi dunyoning eng jozibali qamoqxonalaridan biri hisoblanadi. Qamoqxona arxitektor Jozef Xoyensing tomonidan barpo etilgan. U Avstriyaning Leobon shahri tepaligida joylashgan. Muassasa 205 nafar mahbusni sig‘dira oladi.

Цент правосудия Леобен

Qamoqxona xonalarida shinam mebellar, alohida oshxona va yuvinish xonasi mavjud. Mahbuslar o‘zlarini cheklovda ekanliklarini his qilmasliklari uchun ularga o‘zlari istagan kiyimlarni kiyishga ruxsat beriladi.

Mazkur muassasa “Besh yuduzli qamoqxona”, deb ham ataladi. Qamoqxona hududida tennis maydoni, yopiq suv havzasi, fitnes zallar va kutubxonalar ham bor. Bulardan tashqari, bu yerda mashhur qo‘shiqchilar tomonidan tez-tez konsertlar uyushtirib turiladi.

“Addivel” qamoqxonasi (Shotlandiya)

Тюрьма Аддивелл

“Addivel” qamoqxonasi Shotlandiyaning eng shinam qamoqxonasi hisoblanadi. Muassasaning asosiy e’tibori mahbuslarga maxsus dastur asosida ta’lim berishga qaratilgan. Unga ko‘ra, jinoyatchilar o‘z xatolarini tushunib, kelajakda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlari zarur.

“Sollentuna” qamoqxonasi (Shvetsiya)

“Solentuna” mahbuslari hashamatli sharoitda istiqomat qiladi. Muassasaning xonalari eng shinam mebellar bilan jihozlangan. Ularda alohida yuvinish xonalari va oshxonalar mavjud. Mahbuslar oshxonalarida o‘zlari istagan taomni tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerda eng zamonaviy fitnes zallar mahbuslar ixtiyoriga topshirilgan.

Тюрьма Соллентуна

Shvetsiyaning ko‘plab jazoni ijro etish muassasalari jinoyatchilar yetishmaganligi tufayli yopilgan. Chunki Shvetsiyada jinoyatchilik darajasi dunyodagi eng kam ko‘rsatkichda.

“Shamp-Dollon” qamoqxonasi (Shveysariya)

Dastlab bu qamoqxona qulay sharoitlari bilan mashhur bo‘lmagan. Mahbuslarga nisbatan qoniqarli sharoitlar joriy etilmaganligi uchun muassasa ko‘plab tanqidlarga uchradi. Shundan so‘ng Shveysariya hukumati vaziyatni o‘zgartirishga qaror qildi. Binoni Yevropa standartlari darajasida ta’mirlash uchun hukumat 40 million AQSh dollari ajratdi.

Тюрьма Шамп-Доллон

Hozirgi kunda mahbuslar shaxsiy yuvinish xonalari, televizor va boshqa qulayliklarga bilan ta’minlangan. Ayni vaqtda bu yerda yashash sharoiti uch yulduzli mehmonxona bilan tenglashtirilgan.

“Xelden” qamoqxonasi (Norvegiya)

Norvegiyaning Xalden shahrida joylashgan ushbu qamoqxona dunyodagi eng insonparvar qamoqxona deb tan olingan. Ko‘plab jazoni ijro etish maskanlari elektr simlar bilan o‘ralgan va u yerlarda ko‘zatuv postlari hamda ko‘plab qo‘riqchilar mavjud. Biroq “Xelden”da hammasi boshqacha. Mazkur muassasada qamoqxonalar uchun odatiy bo‘lgan ko‘p sonli qo‘riqchilar yo‘q. Bori ham qurollanmagan. Sababi ma’muriyatning fikriga ko‘ra, qo‘riqchilarning qurol olib yurishi mahbuslarni “ortiqcha xavotirga solishi” mumkin. Mahbuslar va qo‘riqchilar o‘rtasida do‘stona aloqalar rag‘batlantiriladi.

Тюрьма Хальден

Qamoqxona qurilishiga 250 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Yorug‘ va keng xonalarda muzlatkichlar, televizorlar va boshqa maishiy xizmat texnikalari mavjud. Xonalar shinam mebellar bilan jihozlangan, oynalarga panjaralar o‘rnatilmagan. Muassasaning asosiy maqsadi jinoyatchilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, jazoni o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng ularni to‘laqonli hayotga qaytarishdir. U yerda ozodlikdan mahrum qilinmaydi, balki mahbuslarning dunyoga beg‘araz ko‘z bilan qarashiga yordam beriladi.

“Bastoy” qamoqxonasi (Norvegiya)

Bu muassasa dunyoning eng ekologik qamoqxonasi. Chunki ushbu qamoqxona Norvegiyaning go‘zal manzarali Bastoy orolida joylashgan. Muassasaning himoya devorlari elektr simlar bilan o‘ralmagan. Mahbuslar ko‘l bo‘yidagi shaxsiy kottejlarda yashaydi. Ular vaqtini otda sayr qilish, quyosh nuridan bahra olish, baliq tutish, ko‘lda cho‘milish va tennis o‘ynash kabi mashg‘ulotlar bilan o‘tkazadi. Xohishlariga ko‘ra, ular turli taomlarga buyurtma berishi va shaxsiy saunalarda dam olishlari mumkin.

Тюрьма Бастой

Bundan tashqari, ular o‘zlari xohlagan kasbni tanlash imkoniyatiga ega. Ish vaqti 8:30 dan 15:30 gacha davom etadi. Ular taqdim etilgan kasblardan o‘zlariga ma’qulini tanlab oladi (bog‘bonlikdan tortib, do‘kon sotuvchisi kasbigacha bo‘lgan ish turlari mahbuslarga taqdim etiladi).

Mahbuslarga maosh to‘lanadi. Shuningdek, qamoqxona ma’muriyati ham mahbuslarni uch mahal vitaminlarga boy taom bilan ta’minlaydi. Bu muassasa “eko-qamoqxona” deb ham ataladi.

Xullas, “Bastoy” qamoqxonasidan hech kim qochishga harakat qilmagan.

Bekzod MUSURMONOV tarjimasi.