DXM orqali taqdim qilinadigan ayrim xizmatlar vaqtincha to‘xtatiladi
- 14.08.2019 13:48
- 151
- O‘zbekiston
2019 yil 14-19 avgust kunlari Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz portali orqali taqdim etiladigan bir qancha xizmatlar vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyida ushbu xizmatlar ro‘yxati keltirilgan:
- Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
- Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
- Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
- Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish.
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ishlarni fuqarolarga pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda “Pensiya” dastyriy majmuasi faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida, dasturni yangi ma’lumotlar saqlash qurilmasiga ko‘chirish uchun amalga oshirish zarur.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa