Egulik bilan bog‘liq o‘yinlar
Odamzod qiziq. Och bo‘lsa chiday olmaydi, to‘q bo‘lsa, yegulikni uvol qilishdan qo‘rqmaydi, xar xil g‘alati o‘yinlar o‘ylab topishadi. Quyida shu bilan bog‘liq ayrim voqealar haqida o‘qiysiz.
Voqeani AQShning Merlend shtatidagi Baltimor shahrida 15 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mayda yeguliklar festivalidan boshlaymiz. Festival ishtirokchilari tushlik likopchasiga ellikka yaqin sosiska yoki gamburgerni joylashtiradi. Ular mitti tayyorlangan bo‘lsa-da, xaqiqiylaridan farq qilmasligi kerak. Bunga erishsangiz festival g‘olibisiz.
Britaniyaning Koksxet shahrida 1967 yildan buyon kremli pirog bilan jang o‘tkazib kelinadi. Ikki jamoa yuzma-yuz turib bir-birlarining basharasiga pirog, tort uloqtiradi. Ammo bitta sharti bor: pirog faqat chap qo‘l bilan uloqtiriladi. Raqib basharasini yegulik bilan kim chaqqonroq bezasa, marra o‘shaniki.
Angliyada yanada qadimiyroq - 700 yildan buyon yegulik bilan o‘yin - tuxum uloqtirish musobaqasi o‘tkazib kelinadi. Avvalo, tuxumni sindirmasdan tutib olish kerak. So‘ngra o‘yin qiziydi, kim raqib basharasini tuxum bilan ko‘p bejab qo‘ysa, o‘sha g‘olib. Lekin sharti bor: oltita tuxumni peshonangizga urib sindirishingiz kerak, ulardan biri ham tuxum. U birinchi bo‘lib peshonaga tegsa tamom, yutqizdingiz.
AQShda ham yegulik uloqtirish bo‘yicha bayram bor. U "Buyuk mevali keks" deb ataladi va 1996 yildan Kaloroda shtatida Manitu - Springs shahrida yanvar oyi oxirida o‘tkazib kelinadi. Sana bejiz tanlanmagan, negaki Amerikada Rodjestvo bayramida keks tayyorlash an’anaga aylangan. Turgan gap, ularning hammasini ham yeya olishmaydi. Ortganini esa odamlar bir-birining yuziga uloqtiradi. Kim chaqqonroq harakat qilib keks bilan ko‘proq raqibini basharasiga tushirsa, g‘olib bo‘ladi va yaxshiga sovg‘a egasi bo‘ladi.
T.Shomurodov tayyorladi.