Ehtiyojmand oilalarga gaz plita va kir yuvish mashinalari berildi

Nurobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlar yaratish hamda ularning mavjud muammolarini hal etish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda bugun tuman hokimligi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nurobod tumani kengashi bilan hamkorlikda “Nurobod tumanida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturi”ga asosan 21 nafar ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga gaz plita, gaz ballonlari hamda kir yuvish mashinalari topshirdi.

Xotin-qizlar maishiy texnika vositalariga ega bo‘lish bilan birga ularga mos ish ham topildi va mehnat daftarchasi yuritiladigan bo‘ldi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.