Elektromagnit allergiya
- 21.06.2020 20:37
- 220
- O'qing, qiziq!
"G‘alati odatlarga ega «g‘aroyib» kishilar" haqidagi maqolalarimizdan quyida e’tiboringizga havola etayotganimiz ham qiziqarli.
Angliyalik ayol - Debbi Berdning kasalligiga hech kim havas qilmasa kerak. U kompyuter, televizor ko‘rishdan, hatto telefondan foydalanishdan ham mahrum bo‘lgan, ana shu maishiy texnikalarni ishlatishni boshlagach, darrov qovoqlari shishib, uyqusi kela boshlaydi. Gap shundaki, unda har qanday elektromagnit maydon hosil qiluvchi texnikalarga kuchli allergiyasi bor. Ammo, bu g‘aroyib «qiliq»ning ham foydasini bor ekan. Salomatligini turli elektrotexnikalarga, vaqtini esa telefon o‘yinlari, zerikarli film va seriallarga sarflamasdan oilasiga, turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlamoqda.
Dilmurod To‘xtayev tayyorladi.
Teglar:
O‘qing qiziq