Endi «Dinamo»da kechasi ham futbol o‘ynash mumkin
- 25.07.2019 17:36
- 239
- Samarqand

Samarqand shahridagi “Dinamo” o‘yingohida yoritish tizimining quvvati pastligi bois, futbol bo‘yicha Superliga uchrashuvlari boshqa o‘yinlardan vaqtliroq, ya’ni kunning yorug‘ qismida bo‘lib o‘tardi.
Superliga klublarini litsenziyalash talablarida stadionlarning yoritish tizimi 1500 lyuks talab darajasida bo‘lishi va o‘yinlarni kechki vaqtda o‘tkazish imkonini berishi shartligi belgilab qo‘yilgan.
Viloyat hokimi, viloyat futbol Assotsiatsiyasi prezidenti E.Turdimov tashabbusi bilan “Dinamo” stadioniga qo‘shimcha ravishda «Phillips» nomli yangi yoritgichlar olib kelinib o‘rnatish ishlari boshlandi.
Klub rahbariyati sevimli jamoamizning ikkinchi davradagi uy uchrashuvlarini muxlislar uchun qulay bo‘lgan salqin va kechki vaqtda yangi yoritkichlar ostida o‘tkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, “dinamo”chilar ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvini 10 avgust kuni “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Dil MUROD.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim