Endi payariqlik yoshlar ham robototexnikani o‘zlashtiradi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining 12 ta shahar va tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan.

Albatta, ushbu markazlarda yoshlar uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, kompyuter va robototexnika sinflari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ana shunday markazlardan biri Payariq tumanida ham o‘z faoliyatini boshladi. 

Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, Payariq tumani hokimi Z.Ergashev so‘z olib, ushbu markaz yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etilayotgani, albatta kelajakda yetuk yosh kadrlar yetishib chiqishini bildirdi.

Shuningdek, markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

Vali Muxtorov.