Endi to‘ylar qanday o‘tadi?

Hozirgina viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabr № 2736-III-sonli «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish yakuniga yetdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov rahbarligida videoselektor tarzida o‘tgan anjumanda to‘planganlarga yangi yilning ilk kunlarida Samarqand shahri va tumanida bo‘lib o‘tgan to‘ylar, mashina kortejlarining noqonuniy harakatlari, raqqosalarning, to‘y sohibalarining xurmacha qiliqlari aks etgan videoroliklar qo‘yib berildi.

Keyin qo‘shma qaror talablari tushuntirib berildi.

O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov, viloyat IIB boshlig‘i Shavkat Rahmonov, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi Badriddin Nasriyev, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Mardon Mavlonov to‘ylarni tartibli, kamchiqim o‘tkazishda to‘ychi va xizmat ko‘rsatuvchilar mas’uliyatini oshirish yuzasidan mulohaza bildirdi.

Yig‘ilish so‘nggida savol-javoblar ham bo‘ldi.

Saytimizni kuzating, yig‘ilish tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.