Endi to‘yxonalarda to‘y o‘tkazish mumkin. Faqat...

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 50-sonli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabrdan to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat berilgan.

Bunda to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) mehmonlar ishtirokida hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi.

To‘y va marosimlarni o‘tkazish talablariga rioya etilishi uchun fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori va davlat soliq idorasi vakili shaxsan javobgar etib belgilangan.