Eng hayratlanarli tibbiy rekordlar o‘ntaligi

Quyida keltirilgan barcha faktlarini faqat qo‘shtirnoq ichida rekord deb atash mumkin.

Eng yuqori tana harorati
Dunyodagi eng yuqori tana harorati 1980 yilda Atlantada amerikalik Uilli Jonsning tana harorati 46,5 darajaga ko‘tarilganda qayd etildi. Bemor kasalxonada 3 haftadan ortiq vaqt davolanib omon qoldi. Qiziq, termometrdagi maksimal harorat 42 daraja bo‘lsa... Uillining tana harorati qanday o‘lchangan ekan? Aytgancha, inson tanasi 43 darajadan ortig‘ini ko‘tara olmaydi. Ushbu holatda faqat yozuvlarga ishonishgina qoladi, xolos.

Eng past tana harorati

5 предостерегающих знаков того, что тебе скоро конец | BroDude.ru

Eng past tana harorati esa 1994 yilda Kanadada Karli ismli kichkina qizaloq olti soat davomida tashqarida 22 daraja sovuqda qolib ketgandan so‘ng qayd etilgan. Bunday tasodifiy “aylanish”dan keyin uning tana harorati 14,2 darajani tashkil etdi. Shoshilinch tibbiy muolajalar tana haroratining 24 darajaga ko‘tarilishiga olib keldi. Ha, hayotda nimalar bo‘lmaydi, deysiz.

Yutish ishqibozligi
Odamlarda har xil ruhiy buzilishlar sodir bo‘lib turar ekan. Misol uchun, 42 yoshli bir ayol obsetiv holatdan aziyat chekib, qo‘liga kelgan hamma narsani yutib yuborardi. Natijada uning oshqozonidan 2533 ta narsa, shu jumladan 947 ta nina to‘g‘nag‘ichi olib tashlandi. Hayratlanarlisi, bemor qorin bo‘shlig‘idagi yengil noqulaylikdan tashqari, deyarli hech qanday og‘riqni sezmagan.

Chaynash ishqibozligi

Девочка так любила жевать волосы, что попала в операционную

Yana bir “qiziqarli” ruhiy kasallik mavjud bo‘lib, bemor o‘z sochlarini chaynashni yaxshi ko‘radi. Chaynalgan sochlarning bir qismi albatta oshqozonda qoladi. Natijada bemor oshqozonidan 2,35 kg. og‘irlikdagi soch to‘pi olindi.

Tabletkaxo‘rlik
Kasal bo‘lganingizda xohlaysizmi, xohlamaysizmi, dori ichishingizga to‘g‘ri keladi. Behuda tabletka ichadigan kishilar ham bor ekan. Bir yog‘i sanchidimi, darhol tabletka! Zimbabvelik bir fuqaro 21 yil davomida 565 939 dona tabletka qabul qildi. Qiziq, ularning aniq sonini kim sanab chiqqan ekan?!

Insulin ishqibozi
Buyuk Britaniyada yashovchi Samyuel Devidson butun umri davomida 78 900 ta insulin in’yeksiyasini olgan.

Operatsiyalarga sodiqlik
Amerikalik Ch.Yensen undan ham omadliroq bo‘lib chiqdi. U 40 yil davomida tanasidagi o‘smalarni olib tashlash uchun 970 ta jarrohlik aralashuvlarini boshidan o‘tkazdi.

Eng uzoq davom etgan operatsiya

Фото хирургов, лежащих на полу, стало хитом в сети интернет! - ЯПлакалъ

1951 yilning 4 fevralidan 8 fevraliga qadar 96 soat ketma-ket davom etgan operatsiyada Chikagodagi shifokorlar 58 yoshli Gertruda Levandovskining tuxumdonidagi ulkan kistani olib tashlashdi. Jahon tibbiyoti tarixidagi eng uzun operatsiyadan oldin Gertrudaning vazni 277 kg., undan keyin esa 138 kg. edi. Jarrohlar bemorning qon bosimi keskin tushib ketmasligi uchun 140 kilogramm atrofidagi kistani iloji boricha ehtiyotkorlik bilan olib tashlashdi.

Eng uzoq vaqt yurak to‘xtab qolishi
Tibbiyotda yurakning besh daqiqalik to‘xtab qolishidan so‘ng miyada qaytarilmas jarayonlar sodir bo‘ladi, deb hisoblanadi. Sovuq davrda klinik o‘lim vaqti biroz uzayishi mumkin. Biroq, hayot o‘jarlik bilan bunday ilmiy fikr noto‘g‘ri ekanligini qayta-qayta isbotlab bergan holatlar ham bo‘lgan. Norvegiyalik baliqchi qayiqdan yiqilib, sovuq suvda uzoq vaqt o‘tkazgach, uning tana harorati tushib ketib, yuragi 4 soat davomida urishdan to‘xtadi. Shifokorlar uning yuragini ishga tushira olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Eng ko‘p yurak xuruji

Сердечный приступ и сердечная недостаточность - какая разница? | Mia Bella  - красота и здоровье | Дзен

Poygachi Devid Perlining yuragi naq 6 marta to‘xtagan. 1977 yilda poygada qatnashayotib, u mashinani 173 km/soat tezlikdan nolgacha tushirib, tormozlashga majbur bo‘ldi. Bunday nomutanosiblikdan uning 3 ta suyagi joyidan chiqib, 29 ta sinish oldi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.