Eng katta uran zaxiralariga ega davlatlar

Dunyoda yadro energetikasining asosiy elementi va yana bir asosiy energiya elementi - plutoniyni olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran moddasining konlari unchalik ko‘p emas. Kimyoviy elementning yer qobig‘idagi miqdori atigi 0,0003 (kilogramm hisobida) foizga, bir litr dengiz suvidagi konsentratsiyasi 3 mikrogrammga teng. Quyida uran qazib olish bo‘yicha yetakchi davlatlar taqdim etiladi.

1-o‘rin - Avstraliya
Avstraliya dunyodagi uran zaxiralari bo‘yicha so‘zsiz yetakchi hisoblanadi.
Butunjahon yadroviy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon uran zaxiralarining qariyb 31,18 foizi ushbu mamlakatda joylashgan, raqam bilan aytganda, bu 661 ming tonnani bildiradi. Avstraliyadagi mavjud 19 ta kondan yiliga 3 ming tonnaga yaqin uran qazib olinadi. Bu yerda 1 kilogramm mahsulotning tannarxi 40 AQSh dollarini tashkil qiladi.

2-o‘rin – Qozog‘iston
Uran zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rin Qozog‘istonga tegishli. Bu mamlakatda jahon yoqilg‘i zaxiralarining 11,81 foizi bor, bu 629 ming tonna uranga teng degani.
Qozog‘istonda 16 ta uran konlari o‘zlashtirilgan bo‘lib, "Kazatomprom" davlat kompaniyasi mamlakatda ushbu resursni qazib olish uchun mas’ullikni o‘z bo‘yniga olgan.

3-o‘rin – Rossiya
Rossiya uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakat yer qa’rida 487 ming 200 tonna uran bor, bu jahon uran resurslarining 9,15 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, Rossiyada atigi 7 ta kon mavjud va ularning deyarli barchasi Baykal ortida joylashgan. Mamlakatda qazib olinadigan uranning 90 foizidan ortig‘i Chita viloyatida qazib olinadi. Qolgan 5-8 foizi esa Buryatiya va Qo‘rg‘on oblasti hissasiga to‘g‘ri keladi.

4-o‘rin - Kanada
Umumiy zaxiralar 466,700 ming tonna uranni tashkil etadi, bu esa jahon zaxiralarining 8,80 foiziga teng.
Mamlakatdagi eng boy konlar: MakArtur-River, Cigar Leyk va Uoterberi konlaridir. “Cameco” korporatsiyasi Kanadadagi asosiy uran qazib oluvchi kompaniya hisoblanadi.

5-o‘rin - Janubiy Afrika
Mamlakatda eng yirik “Dominion” koni yetakchi. Yirik konlar qatoriga G‘arbiy Ariyez, Palabora, Randfonteyn va Vaal-River ham kiradi, ularda asosan oltin qazib olish sanoatining “dumlari” qayta ishlanadi.
Bu mamlakatda uran qazib olishning o‘rtacha narxi 1 kg. uchun 40 AQSh dollarini tashkil qiladi.

6-o‘rin - Niger
Mamlakatdagi eng yirik konlar Imuraren, Madauyela, Arlit va Azelit bo‘lib, respublikada jami 12 ta kon bor.
Mamlakat uran bozorining asosiy o‘yinchisi Fransiyaning “Areva SA” kompaniyasi bo‘lib, kompaniya ko‘pincha dunyodagi eng yirik 10 ta uran konlaridan biri “Arlit” konida qazish ishlarini olib boradi. Nigerda qazib olingan uranning narxi 1 kg. uchun 34-50 dollarga hisoblanadi. Aytgancha, uran mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 5 foizini tashkil qiladi.

7-o‘rin - Namibiya
Namibiyada to‘rtta yirik uran konlari mavjud. Mamlakatdagi umumiy uran zaxiralari 261 ming tonnani tashkil qiladi, bu jahondagi umumiy zaxiraning taxminan 5 foizi degani.

8-o‘rin – Xitoy
Xitoy davlatida dunyodagi uran zaxiralarining taxminan 5 foizi bor.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.