Eng ko‘p suv sarflaydigan davlatlar

Turli mamlakatlarda mavjud bo‘lgan ichimlik suvi yetishmovchiligi muammolari haqida eshitganmiz. Yer yuzining 70-75 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, barcha suv resurslarining 97 foizidan ortig‘i sho‘r suv sanaladi. Qolgan 3 foizi muzliklar va Antarktida qorlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Sayyora aholisi har kuni ichimlik va boshqa ehtiyojlar uchun 10 milliard tonnadan ortiq suvdan foydalanadi.

Aholi o‘sib borishi asnosida har yili suv iste’moli ehtiyoji ikki baravarga oshmoqda. Suv zaxiralari notekis sarflanishi oqibatida 2 milliard odam keskin suv tanqisligini boshdan kechiradi, 4 milliard odam esa ko‘pincha ta’minotning uzilishiga duch kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar kuniga trillionlab litr suv iste’mol qilayotgan bir paytda ko‘pgina Osiyo-Afrika mamlakatlarida suv bilan bog‘liq keskin muammolar mavjud.
Quyida 2022 yil holatiga ko‘ra eng ko‘p suv sarflaydigan davlatlar beshtaligi keltirilgan.

Hindiston – 1 430 680 000 kishilik aholi soni (yer shari umumiy aholisining 18 foizi) bilan yetakchilik qiladi. Mamlakat ulushiga barcha suv resurslarining 4 foizi to‘g‘ri keladi, shundan 89 foizi qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga sarflanadi. Umumiy xarajatlar yiliga 761 milliard metr/kubni tashkil etadi. Hindiston va qo‘shni Pokistonda tog‘ muzliklarini eritish texnologiyalari ishlab chiqilmoqda.

Xitoy aholisi soni va suv iste’moli bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Bu yerda 1 422 362 000 kishi yashaydigan dunyo aholisining beshdan bir qismi istiqomat qiladi.

Какие страны расходуют воды больше всех

Iste’mol yiliga 601,6 milliard metr/kub, kishi boshiga 116 000 litrni tashkil qiladi, suvning 85 foizi qishloq xo‘jaligiga sarflanadi. Suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida Xitoydagi sanoat sektori o‘stirib borilmoqda va 2035 yilga kelib hukumat zaxiralarni 5 barobarga oshirishni mo‘ljallayapti.

AQSh ham eng ko‘p suv iste’molchisi hisoblanadi. Davlat hududi bo‘yicha Kanada, Xitoy va Rossiyadan keyingi o‘rinda turib, katta maydonni egallaydi. Mamlakat aholisi 336 023 460 kishi. Barcha xarajatlarning chorak qismi (jami yiliga 444,3 milliard metr/kub) Florida, Texas, Kaliforniya va Aydaho shtatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Faqat nyu-yorkliklarning o‘zigina kuniga 1 000 000 litr suv iste’mol qiladi.

Indoneziya 280 488 501 kishilik aholi soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, hududi bo‘yicha 14-, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 16-o‘rinda turadi. Mamlakat yiliga 222,6 milliard metr/kub suv iste’mol qiladi, shuning 70 foizidan agrar sektor foydalanadi. Mamlakat suv resurslarining katta qismi (yer usti va yer osti) juda ifloslangan va foydalanish uchun yaroqsizdir.

Pokiston davlati aholisi 217 541 640 kishi va yiliga ular 183,5 milliard metr/kub suv iste’mol qiladi. Shundan 70 foizi qishloq xo‘jaligiga sarflanadi. Zaxiralar tugab bormoqda va 2025 yilga kelib mamlakatda jiddiy suv tanqisligi yuzaga kelish ehtimoli bor.

Какие страны расходуют воды больше всех

***
Suvning nomaqbul sarfini kamaytirish va uni o‘ylamay isrof qilishning salbiy oqibatlari oldini olish maqsadida muvozanatli sarf-xarajatlar va jahon zaxiralarini oqilona boshqarishni talab qiladigan xalqaro fond tashkil etildi. Mutaxassislar ko‘plab mamlakatlar uchun ancha vaqt oldin paydo bo‘lgan, yaqin kelajakda esa hamma uchun sodir bo‘ladigan suv tanqisligini jiddiy muammo, deb atashmoqda. Ular bizning asrimizdayoq suv neft va gazdan ham qimmatroq, eng muhim strategik resursga aylanishidan xavotirda. Shu kabi jihatlar e’tiborga olinib, bugungi sana - 22 mart kuni Butunjahon suv resurslari kuni, deb nomlangan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.