Dunyoning eng “mashhur” qamoqxonalari

Insoniyat tarixida turli jinoyatchilar mavjud bo‘lib, ularga nisbatan hal xil jazolar qo‘llanilgan. Sharq mamlakatlarida zindonga mahkum etish jazosi keng qo‘llanilgan. G‘arb mamlakatlarida esa ilk qamoqxonalar qadimgi Rimda paydo bo‘lgan.

Hozirgi zamonda ashaddiy jinoyatchilar saqlanadigan jazoni ijro etish muassasalarining eng dahshatlilarini e’tiboringizga havola etamiz.

“Qora delfin” (“Chyorniy delfin”, Rossiya)

Bir umrlik jazoga mahkum qilingan jinoyatchilar saqlanadigan dastlabki qamoqxonalar Rossiya imperiyasining Orenburg guberniyasida, Yekaterina II hukmronligi davrida paydo bo‘lgan.

Черный дельфин

“Qora delfin” bu nomni qamoqxona hovlisida o‘rnatilgan qora delfin shaklidagi haykaldan olgan. U yerda Rossiyaning eng ashaddiy jinoyatchilari saqlanadi. Mahbuslar doimiy videokuzatuv ostida nazorat qilinadi. Xonalarda hech qachon chiroq o‘chirilmaydi.

“Diyor Bakir” (Turkiya)

Rossiyaning “Qora delfin” qamoqxonasi singari Turkiyaning “Diyor Bakir” qamoqxonasi ham eng ashaddiy jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan. Shu sabali u dunyodagi eng shavqatsiz va dahshatli qamoqxonalardan biri hisoblanadi.

Диярбакырская тюрьма

Ushbu muassasada mahbuslarga nisbatan nafaqat jismoniy, balki ruhiy qiynoqlar ham qo‘llaniladi. 2016 yilda amalga oshmagan davlat to‘ntarishidan so‘ng bu qamoqxona yangi mahbuslar bilan to‘lib-toshdi.

Binoning o‘zi ikki qismdan iborat, xonalarida bir vaqtning o‘zida 20 tadan 40 tagacha mahbus saqlanadi.

“ADX Florence” (AQSh)

Kolorado shtatida joylashgan AQShning “ADX Florence” qamoqxonasi xavfsizik borasida dunyodagi eng yetakchi qamoqxonalardan biri sanaladi.

ADX Florence

Aynan shu sababli bu yerda eng ashaddiy jinoyatchilar saqlanadi. Bu maskanda hibsda ushlash sharoitlari shunchalik qattiq nazorat qilinadiki, ko‘plab mahbuslar jazoni oxirigacha o‘tashdan ko‘ra, hayot bilan vidolashishni afzal ko‘rishadi.

Mahbuslar bir-biridan va qamoqxona hodimlaridan mutlaq alohida saqlanadi. Ularning xonalariga tashqaridan hech qanday ovoz eshitilmaydi.

“Guantanamo” (Kuba)

Saqlanish sharoiti eng og‘ir bo‘lgan qamoqxonalardan biri Kuba hududidagi AQSh harbiy bazasida joylashgan.

Гуантанамо

“Guantanamo”da asosan terrorchilik uchun hukm qilinganlar va AQShga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etganlar saqlanadi.

“Tadmar” (Suriya)

Suriya poytaxti Damashqdan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Tadmar shahri qamoqxonasida XX asrning 80-yillaridan boshlab harbiy jinoyatchilar saqlana boshlandi.

Тадмор

1980 yilda dahshatli voqea yuz berdi, o‘shanda Suriya prezidenti Xafiz al-Asad qamoqxonadagi barcha mahbuslarni otib tashlash buyrug‘ini berdi. O‘sha vaqtda qamoqxonada 2400 ta mahbus bor edi.

“Karandiru” (Braziliya)

Braziliyaning San-Paulu hududida joylashgan mazkur jazoni ijro etish muassasasi 2002 yilda yopilgan. “Karandiru” deb nomlangan bu qamoqxona 1992 yilda mashhur bo‘lgan. O‘shanda qamoqxonada sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 111 kishi halok bo‘lgan.

Карандиру

O‘sha davrda mahbuslar orasida OITS xastaligi va boshqa yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi qamoqxonaning yana bir muammosiga aylangan. Natijada qamoqxona yopildi. Biroq qamoqxona ichkarisida mahbuslarga nisbatan sodir etilgan qiynoqlar va azoblar haqidagi xotiralar hozirgacha Braziliya jinoyat olami vakillarini dahshatga soladi.

“22-lager” (Shimoliy Koreya)

Rasmiy hujjatlarda “Kvan-Li-So № 22” deb nomlanadigan Shimoliy Koreyaning “22-lager” qamoqxonasi dunyodagi eng yopiq qamoqxonalaridan biri hisoblanadi.

кндр

Uning devorlari ortida siyosiy mahbuslar saqlanadi. Ular tashqi olamdan butunlay uzib quyilgan. Qamoqxonadagi mahkumlarning keyingi taqdiri haqida hatto uning eng yaqin qarindoshlari ham bilishmaydi.

“Bangvang” (Tailand)

Tailand poytaxti Bangkokdan 11 kilometr uzoqlikdagi Nontaburi viloyatida Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng qadimiy “Bangvang” jazoni ijro etish muassasasi joylashgan.

Бангкванг

“Bangvang” nafaqat qadimiyligi, balki mahbuslarni saqlashdagi eng og‘ir sharoitlari bilan ham mashhur. U yerdagi nazoratchilar hech kim tomonidan nazorat qilinmaydi, ular mahbuslarga nisbatan o‘zlari xohlaganday  munosabatda bo‘lishadi.

Qamoqxonada nafaqat Tailand aholisi, balki jinoyat sodir etgan xorijlik fuqarolar ham mavjud.

“Gitarama” (Ruanda)

Inson huquqlari butunlay unut bo‘lgan yer yuzidagi yana bir joy - bu Afrika Raundasining “Gitarama” qamoqxonasi.

Гитарама

U yerdan ozodlikka chiqishning uddasidan chiqqanlar ushbu qamoqxonani “Yer yuzidagi haqiqiy do‘zax”, deb hisoblashadi. Omon qolish uchun mahbuslar bu maskanda tez-tez shafqatsiz qotilliklar va odamxo‘rlikka (kannibalizmga) qo‘l urishadi.

“Gitarama” 700 odamni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda u yerda 8 mingdan ortiq mahbus saqlanmoqda.

“Sabaneta” (Venesuela)

Mazkur qamoqxonada 25 ming mahbus saqlanadi. “Sabaneta”da umuman gigiyenaga amal qilinmaydi. Shu sababli mahbuslarning ko‘pchiligi yuqumli kasalliklar tufayli vafot etadi.

Сабанета

Bundan tashqari, qo‘riqchilar mahbuslarga talab darajasida e’tibor berishmaydi. Buning oqibatida mahbuslar tomonidan ko‘plab qotilliklar va boshqa xavfli jinoyatlar sodir etib turiladi.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.