Er to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar
Sayyoramiz Quyosh tizimidagi hayot mavjud bo‘lgan yagona ajoyib va betakror sayyoradir. Koinotda aylanib turadigan ushbu katta tosh bo‘lagi haqida har doim yangi narsalarni o‘rganish va kashf etish imkoniyati bor, shu sababli sizga Yer to‘g‘risida hayratlanarli faktlarni taqdim etmoqchimiz.
Ko‘pchilik Yer Quyosh tizimidagi hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan atmosferaga ega bo‘lgan yagona sayyora ekanligini biladi. Lekin Yer yuzasida tog‘lar, toshlar va hokazolari bor to‘rtta sayyoradan biri ekanligi ko‘pchilik bilmasa kerak. Venera, Mars va Merkuriy bu guruhning qolgan uch sayyorasi.
Ajablanarlisi, Yerning katta qismi o‘rganilmagan. Yer yuzining taxminan 71 foizi suv bilan qoplangan va okeanlar ham juda kam o‘rganilgan. Shunga qaramay, Yerdagi chuchuk suvning 68 foizi tog‘lar va muzliklarda muz qatlamlari shaklida doimiy ravishda saqlanib turadi.
Yer butunlay dumaloq emas, doimiy aylanish tufayli biroz shakli deformatsiyalangan. Hozirda biz maketlarda ko‘rishga odatlanib qolgan shakl biroz tekislanib qolgan.
Hozirgacha Yer yuzida qayd qilingan eng qattiq zilzila 1960 yil 22 mayda Chili janubidagi Valdiviya shahri yaqinida sodir bo‘lgan. U “Buyuk Chili zilzilasi” nomini olgan va kuchi 9,5 ballni tashkil etgan.
Antarktida meteoritlarni topish uchun eng yaxshi joylardan biridir. U yerdagi qorning ko‘pligi va o‘simliklarning yo‘qligi tufayli ularni topish juda oson.
Yerning magnit qutblari doimiy harakatlanishda. Ular ilgari ham, hozir ham siljib turadi va oxir-oqibat o‘z joylarini teskari tomonga o‘zgartiradi, keyin yana o‘z joyiga qaytadi.
Yerda qaynab turadigan daryolar bor. Peru o‘rmonlarining Mayantuyaku mintaqasidagi uzunligi 6 kilometrdan oshadigan Shanay-timpishka daryosi suvining harorati 91°Sga yetadi va ba’zi joylarda u chindan ham qaynab turadi. U yerga yiqilgan kishining halok bo‘lishi tayin.
Yerning turli (kamida 30) joylarida kuy taratadigan qumtepalar bor. Bu kuy asalarining g‘uvillashi va rohiblarning hayqirig‘iga o‘xshaydi. Buning sababini bilish barchaga qiziq bo‘lsa kerak, lekin hozirgacha hech kim aniq bila olmagan.
Yerda har kuni kechqurun momaqaldiroq bo‘lib turadigan joy bor. Venesuelaning shimoli-g‘arbida Marakaybo ko‘liga quyiladigan Katatumbo daryosi ustida har kuni momaqaldiroq o‘n soat davom etishi mumkin va daqiqada o‘rtacha 30 ga yaqin chaqmoq bo‘ladi.
Har yili sayyoramizga kislorod, nikel, temir, uglerod va boshqa elementlardan iborat 40 ming tonna kosmik chang tushadi. Tom ma’noda bu sayyora u bilan qoplangan kosmik changdir. Bundoq o‘ylab qarasangiz bu juda g‘aroyib, shunday emasmi?
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.