Yer yuzida yashovchi 3000 yashar kelgindi mahalliy jurnalistga intervyu berdi
Bu voqea 1997 yilda Amerikaning ufologiya jurnaliga bir ayoldan uning tanishi o‘zga sayyoralik ekanligi haqida xabar berganida boshlangan edi.
“Bundan tashqari, u 3000 yoshda va inson tanasidan “maskirovka kiyimi” sifatida foydalanib kelmoqda. Bu o‘zga sayyoralik juda samimiy va u katta intervyu berishga tayyor”, dedi ayol.
Tabiiyki, jurnal muharriri bunday imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamadi va kelgindi suhbatga taklif qilindi.
O‘zini «Kosmik mehmon» degan odam o‘zi haqida shunday degan:
«Mening Yerdagi ismim Yujin, haqiqiy ismim esa Shimikus Etua. Yerga juda uzoqda joylashgan Shimoliy Yulduzdagi o‘zim tug‘ilgan ulkan kemadan uchib keldim.
Yoshim sizni hayratga qoldirishi tabiiy, chunki men 3000 yoshdaman. Inson bunday narsani tasavvur qila olishi qiyin, buni tushunaman, biroq tanamizning ichki tuzilishi sizlarnikidan sezilarli darajada farq qilishi sababli bizning irqimiz minglab yillar davomida osongina yashashi mumkin.
Ilgarilari mening xalqim nihoyatda tajovuzkor edi. Shu sababli sayyoramiz yaqinida yashovchi boshqa turlar bilan doimiy ravishda to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan biz barcha narsaga faqat yaratuvchanlik orqali mukammallikka erishish mumkinligini angladik va endi bu qoidani boshqa turlarga, jumladan, odamlarga ham o‘rgatmoqchimiz».
Insoniyatning yashash tarzi to‘g‘risida:
“Insoniyat ekologiyani buzyapti, o‘zi yashayotgan dunyoni vayron qilyapti va umuman ma’naviy rivojlanishga intilmayapti. Agar sizlar dunyoga munosabatingizni o‘zgartirmasangiz, unda o‘zingizni o‘zingiz nobud qilasiz.
Shunga qaramay, yer yuzida sodir bo‘layotgan voqealarning jiddiyligini tushunadigan va biz bilan yaqin aloqada bo‘lgan odamlar ham bor. Ularning ba’zilari odamlarga o‘xshab ko‘rinishimiz uchun bizga o‘z niqoblarini berishgan.
Bugungi kunda Yer yuzida turimizning taxminan o‘n ming vakili yashaydi. Barchamizning yagona maqsadimiz – sizni aql bilan ish qilishga o‘rgatish, faqat shu tarzda siz o‘zingizni qutqara olasiz. Ko‘pchiligimiz yirik davlat tashkilotlarida ishlaymiz, shuning uchun bizga muayyan muammolarni hal qilishda yordam berish uchun ma’lum miqdorda vakolatlar berilgan”.
Haqiqatan ham katta toshqin bo‘lib o‘tganmi? Nuh kemasi va hokazolar... (so‘radi jurnalist).
“Ha, bularning barchasi haqiqat. Toshqin siz “qoloq” deb ataydigan kishilar tufayli vujudga kelgan. Biz ular bilan yerda ham, kosmosda ham uzoq yillar davomida kurashib keldik. Aslida nimaligi tushunilmagan “Kosmik qurol”dan foydalanish natijasida yer yuzida muzliklar eriy boshlab, toshqinga olib keldi.
Nuh kemasiga kelsak, u unda butun hayot DNKsi saqlanib qolingan va keyinchalik genetik muhandislik yordamida qayta yaratish uchun joylashtirilgan ulkan kosmik kema bo‘lgan.
Afsuski, biz barcha mavjudot va o‘simliklar namunasini yig‘ishga ulgurmadik. Shuning uchun bugungi kunda paleontologlar hozirda yer yuzidagi kamdan-kam tosh qoldiqlarni topmoqdalar.
Insoniyat bizdan qo‘rqmasligi kerak, biz sizlarni faqat diqqat bilan kuzatib kelyapmiz va sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaymiz”.
Shimikus Etua nomli kelgindi jurnalistga ana shunday intervyu berdi. Bu o‘zga sayyoralikning "vahiy"lariga ishonish-ishonmaslik esa o‘zingizga havola.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.