Erdo‘g‘on 14 may kuni prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishini tasdiqladi

Turkiya prezidenti mamlakatda 14 may kuni prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishini tasdiqladi. U Turkiya telekanallari tomonidan namoyish etilayotgan parlamentdagi chiqishi chog‘ida shunday bayonot berdi.

Avvalroq Erdo‘g‘on 14 may sanasini ovoz berish uchun eng qulay sana deb atagan edi.

Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, muxolifat vakillari “zilzila sodir bo‘lgan hududga kameralar qarshisida o‘zini ko‘rsatib, xo‘jako‘rsinga borgan va hukumat odamlar hayoti haqida o‘ylayotgan bir paytda, mulkka g‘amxo‘rlik qilgan”. Shuningdek, u o‘z ma’muriyati muxolifatdagi siyosatchilar xatti-harakatlari bo‘yicha “tegishli yozuvlar yuritishini” ta’kidladi va aytilishicha, bu keyinchalik ommaga e’lon qilinadi.

Erdo‘g‘on avvalroq ta’til mavsumi, maktab imtihonlari va iyd bayramlargacha ulgurish uchun ovoz berishni qonuniy ko‘chirilgan sana - 18 iyundan 14 mayga ko‘chirilishi haqida aytgan edi.