Erkinjon TURDIMOV: Mas’uliyatsiz, beparvo rahbarlarga nisbatan jiddiy chora ko‘rish payti keldi

Bugunning rahbari odamlarning munosabatlariga nisbatan hushyor bo‘lishi, aholining OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi mulohazalariga jiddiy qarashi zarur. Chunki o‘z fikri inobatga olingan, e’tirozi hal etilgan kishida siyosatimizga ishonch uyg‘onadi va u islohotlarimizda faol qatnashadi.
Afsuski, hokimliklar, tashkilotlar bu masalaga panja orasidan qarashyapti. Ayniqsa, obodonchilik, chala qurilishlar, yo‘llardagi nosozlik to‘g‘risidagi xabar va e’tirozlar mutlaqo e’tiborsiz qolyapti.
Ayrim idoralar o‘z veb-saytida ham bunga munosabat bildirmayapti. Achinarlisi, bunday kamchiliklarning aksariyati bartaraf etilmayapti.
E.Turdimov o‘tkazayotgan tahlilda bu haqda gap bormoqda.
- Bunday mas’uliyatsiz, beparvo rahbarlarga nisbatan jiddiy chora ko‘rish payti keldi, - dedi viloyat hokimi.
Bizni kuzating, yig‘ilish tafsilotlari bilan saytimizda tanishtirib boramiz.