Erkinjon TURDIMOV: Muammo ijrosi yuzasidan bir-birimizga baho berishdan tiyilib, bu bahoni odamlardan so‘rashni o‘rganaylik

- Bugungi kunning rahbari, mavqei qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o‘tkazayotgan dolzarb yig‘ilishlardan faqat vazifalarnigina belgilab, yozib olmasdan, ana shu uslubni ham o‘zlashtirishi lozim.

Birinchidan, aholini qiynayotgan muammolar yechimi haqida o‘ylashni.

Ikkinchidan, odamlarning bu haqdagi fikrini o‘rganishni.

Uchinchidan, har qanday holatni borib, bevosita joyida aholi va mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilishni.

To‘rtinchidan, ushbu muammoni o‘sha yerdagi mutasaddilar va faollar bilan birga hal qilish choralarini ko‘rishni. Muammolarni oldindan ko‘ra bilishni va bu haqda tegishli tashkilotlarga avvaldan xabar qilishni.

Mutasaddilarga qilingan murojaatning bajarilish muddatini kutmasdan natijasini surishtirib turishni.

Va nihoyat, beshinchidan, joylardagi muammo yechimi yuzasidan belgilangan reja yoki topshiriqning bajarilish muddatini kutmasdan, ijro holati bo‘yicha vaqti-vaqti bilan so‘rab turishni.

Muammo ijrosi yuzasidan bir-birimizga baho berishdan tiyilib, bu bahoni odamlardan so‘rashni o‘rganaylik.

Ushbu vazifalarga rioya etish viloyatda barcha toifadagi rahbarlar uchun kundalik odatga aylanishi lozim.