Erkinjon Turdimov nega Samarqand tumani hokimining farmoyishini bekor qildi?

https://e-qaror.gov.uz/ platformasida joylashtirilgan Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Samarqand tumani hokimining 2022 yil 7 maydagi 68-7-103-F/22-sonli farmoyishi bekor qilindi. Bunga sabab - farmoyishda Samarqand tumani hududida 2022 yilning 1 aprel kunidan 1 may kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. Ya’ni, oylik o‘tkazib bo‘linganidan keyin tuman hokimligi oylikni o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlash va chora-tadbirlar belgilash yuzasidan farmoyish qabul qilgan. 

Qarorda “shahar va tuman hokimliklariga ijro intizomiga rioya etish, qaror va farmoyishlarni amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida va belgilangan muddatlarda qabul qilish bo‘yicha tushuntirish va ko‘rsatmalar berilayotganligiga qaramasdan hanuzgacha ayrim hokimliklarning faoliyatida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yib kelinayotgani” qayd etilgan.