Yerni yangi tabiiy falokat kutyaptimi?

Sayyoramizda global isish kechmoqda. Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, agar ahvol shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, yaqin 200-300 yilda Yer chinakam do‘zax jaziramasiga mahkum etiladi, deb yozadi “AiF” (2020 y. 5-son) gazetasi.

Iqlimshunoslar tropik o‘rmonlar karbonat angidrit gazini yutish o‘rniga uni ko‘proq chiqarayotganini aniqladi. Masalan, 2013 yildan boshlab Braziliyaning janubi-sharqidagi 32 ta uchastkada ko‘plab o‘rmonlar Amazonkadan tashqari atmosferaga har yili gektar hisobiga 130 ilogramm karbonat chiqaryapti.

Olimlarning ta’kidlashicha, global isish insoniyat boshiga dimiqish kulfatini solib, Yerni yashash uchun yaroqsiz ahvolga keltirishi mumkin. Ro‘y berayotgan falokat sabablari anchadan buyon ma’lum. Bunga aybdor turli yoqilg‘i turlarini yonishi jarayonida atmosferaga chiqarilayotgan sanoat, avtomobillar, o‘rmon yong‘inlari, chiqindi, zaharli gazlardir. Ular nafasni bug‘uvchi dimiqish hosil qiladi: Quyosh Yer yuzasini isitadi, ammo bu gaz molekulalari issiq nurlanishi hosil qilib sayyorani tark etish o‘rniga atmosfera pastki qismini qizdirib, dimiqish pardasi bilan qoplaydi. Hayot uchun xatarligi ham ana shunda.

Zaharli gazlarni atmosferada dimiqish hosil qilishi keyingi asrda ancha ko‘paygan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu miqdor kelgusi asrda yana ortadi. Zaharli gazlar chiqishining xatarli darajada ko‘payishi yaqin 200-300 yilda Yerdagi haroratni yuzlab darajaga ko‘tarishi mumkin. Shundan keyin to‘xtaydi. Ammo kech bo‘ladi, u yerda harorat +500 gradus.

Atmosferaning katta qismi karbonat angidrid gazidan iborat. Ayrim olimlarning fikricha, bu hali hammasi emas, zaharli gazlar hosil qiladigan halokatli dimiqish AQShdagi Yellouston vulqonini uyg‘otishi, Yaponiyada kuchli zilzila keltirib chiqarishi va bu falokatlar ushbu mamlakatlar katta qismida yashash uchun hayotni yaroqsiz holga keltirishi mumkin.

T.Shomurodov tayyorladi.