Eron BMTning Ayollar maqomi bo‘yicha komissiyadan chiqarildi

BMT Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasi 2026 yilgacha Eronni Ayollar maqomi bo‘yicha komissiyadan chiqarib tashlash uchun ovoz berdi.

Bunga 29 davlat yoqlab ovoz berdi, 16 davlat betaraf, Boliviya, Zimbabve, Qozog‘iston, Xitoy, Nigeriya, Nikaragua, Ummon va Rossiya qarshi chiqdi.

Ovoz berish AQSh tashabbusi bilan o‘tkazildi. Bu taklif Eron tomonidan keskin tanqid qilinib, uni noqonuniy va misli ko‘rilmagan, deb atadi.

BMT Tehronni qonunlarni, jumladan, so‘z erkinligi va hukumatga qarshi namoyishlarni keskin bostirish huquqini buzganlikda aybladi.

Namoyishlar sentyabr oyi o‘rtalarida hijobni noto‘g‘ri kiygani uchun hibsga olingan Maksi Amini o‘limidan so‘ng boshlandi. Tez orada aksiyalar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.

Namoyish oqibatida 400 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 2000 kishi hibsga olingani, 11 kishi Eron hukumati tomonidan o‘limga hukm qilinganligi ma’lum bo‘ldi.