Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eronda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Eron poytaxti Tehronning sharqiy qismida 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasi kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Mehr agentligi xabar berdi.
Portlash oqibatida osmonda yorqin sarg‘ish rangli chaqnoq paydo bo‘lgan.

New York Times muxbiri Farnaz Fassixining Tvitter sahifasida bergan ma’lumotiga ko‘ra, portlash Eron hukumati tomonidan yadroviy tajribalar olib boriladigan harbiy baza yaqinida sodir bo‘lgan.
Eron Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, texnik gaz saqlanadigan rezervuarlardan biri Mudofaa vazirligi bazalaridan birining hududida portlab ketgan. Harbiy inshootlarga zarar yetmagan va portlash oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan.