Eronliklar prezidentlik saylovlarida qatnashishni xohlamayapti
Eronda yangi prezident saylanmoqda. Bu mamlakat va G‘arb bilan munosabatlar tarixida yangi sahifani ochishi mumkinmi?
Hasan Ruhoniy hukumat tepasida bo‘lganida Eron AQSh bilan yadroviy kelishuvdan chiqdi va mamlakatni iqtisodiy inqiroz va pandemiya sababli yuzaga kelgan muammolar qurshab oldi. Bu kabi hukumat harakatidan hafsalasi pir bo‘lgan saylovchilar saylov uchastkalariga borishga shoshilmayapti. Hukumat saylovchilarning rekord darajada kam ishtirok etishiga tayyorlanmoqda.
"Eron xalqi – oldindan aytib bo‘lmaydigan odamlardir. Ishonchim komilki, ular so‘nggi daqiqalarda fikrini o‘zgartiradi va saylovlarda qatnashadi, - deydi biolog va tadqiqotchi Sayde Xay Ali. - Dindor rahbarimiz farmon chiqarganda, uning barcha izdoshlari ushbu farmonni bajarish juda muhim ekanligini bilishadi".
Aktivistka gapirayotgan dindor rahbar - bu Oyatulloh Ali Xomeneiydir. Mamlakatni amalda o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelayotgan Eron oliy rahbarining ta’kidlashicha, eronliklar ovoz berishi shart. Va u Tehronda saylov uchastkasi ochilishiga kelib namuna ko‘rsatdi, saylovni boshlab berdi.
"Mamlakatning taqdiri barcha sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash, Eron xalqi, juma kuni Alloh nomi bilan amalga oshiradigan harakatingizga bog‘liq. Sizning huzuringiz va ovozingiz mamlakat taqdirini belgilaydi", dedi Oyatulloh.
Xomneyi bu yil 82 yoshga to‘ldi, shuning uchun uning o‘rnida voris tanlash masalasi turibdi. Bu prezidentlik poygasining asosiy favoriti - qattiqqo‘l Ebrahim Raisi bo‘ladi deb taxmin qilinmoqda. Oyatulloh singari u ham Mashhad shahridan. Bundan tashqari, Oliy sud raisi – Raisi G‘arbga qarshi chiqishlari va norozilik namoyishlarida qat’iyatliligi bilan tanilgan. 1988 yilda u bir necha ming siyosiy mahbusni o‘limga mahkum etgan "o‘lim komissiyalari" a’zolaridan biri edi.
Eron matbuoti bu safar ham natijalar e’lon qilingandan so‘ng u mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noroziliklarni yengishga qodir ekanligini ta’kidlamoqda.
Dastlab bir necha yuz kishi nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilishdi. Ammo Eron Konstitutsiyasining Vasiylik Kengashi byulletenlarda faqat to‘rttasini qoldirib, barcha mo‘’tadil siyosatchilarni chetlashtirdi. Shu sababli, eronliklar saylovlarni uydirma deb saylov uchastkalari o‘rniga ko‘chalarga chiqishga tayyorlanmoqda.