Ertaga xorijdagi fuqarolar uchun ikkita charter reysi tashkil etiladi
- 11.06.2020 13:55
- 118
- O‘zbekiston
Ertaga, 12 iyun kuni “Toshkent — Moskva — Toshkent” hamda “Toshkent — Istanbul — Toshkent” yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslari amalga oshiriladi.
Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” charter reysi amalga oshiriladi.
Teglar:
charter reys
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Umid chirog‘i
- Kecha, 13:20
- Xorij
Universitet tarixining oltin sahifalari
- Kecha, 13:11
- Ta’lim
Musulmonlar Shvetsiya parlamentida
- Kecha, 13:05
- Xorij