“Yetti kechirilmas gunoh” zargar nigohida

Zargar Stefan Vebster o‘zining “Yetti kechirilmas gunoh” kolleksiyasi to‘plamini taqdim etganiga 10 yildan oshdi.
G‘arbda juda mashhur bu zargar-rassom har bir uzukda insonning hasad, dangasalik, zinogarlik, badnafslik, mag‘rurlik, g‘azab va ochko‘zlik kabi tuyg‘ularini tasvirlab, qimmatbaho toshlar bilan bezalgan to‘plamni yaratdi.

Stefanning o‘zi bu g‘oyasini zamonaviy jamiyatda kechirilmas gunohlar jazolanmasligi va ularni zargarlik buyumlarida namoyish etish vaqti kelgani bilan izohladi.
Xo‘sh, “Yetti kechirilmas gunoh” qanday ko‘rinishga ega? Qimmatbaho toshlar mavzusiga oid to‘plam rassomning mo‘ljalga tekkan-tegmaganligini ko‘rib chiqish juda qiziq bo‘lsa kerak.

1. G‘azab

Кольцо

Badiiy ijroda uzukdagi o‘tkir qirralar bilan siqilgan to‘q qizil rang haqiqatan ham g‘azabni eslatadi. Ehtimol, bu tuyg‘u hammaga tanish va hatto ong ostida inson bu holatdan imkon qadar chiqib ketishni xohlaydi. Uzukda chiroyli anorni siqib chiqarishga intilayotgan ayol qo‘llari tasvirlangan. Shu bilan birga anorning o‘zi zahar solinadigan idishni tasvirlaydi.

2. Ochko‘zlik

Кольцо

Bu yerda zargar ko‘p o‘ylamasdan shunchaki olmos bilan to‘ldirilgan oltin tangadan qilingan tog‘larni tasvirlagan. Ehtimol, shunday qilish kerak edi, chunki ochko‘zlik hatto chuqur badiiy tushunishga ham loyiq emas.

3. Hasad

Кольцо

Hasad juda o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. G‘oya shundan iboratki, hasadgo‘y ko‘z kompozitsiyaning markaziga aylangan va rangli fon qora va yashil (yaxshi) hasad haqida gapiradi. Men ba’zida hasadning bunday ta’riflarini eshitaman: “qora hasad” yoki “yaxshi hasad”. Bu yerda zargar qora olmosdan foydalangan, katta yashil xrizolit tagrang ohangini belgilaydi.

4. Dangasalik

Здесь галерея - листайте. Кольцо

Dangasalikdagi yashil havo rang qimmatbaho akvamarin “yutuqlariga tayanadi” yoki shunchaki yoqut bilan qoplangan yostiqda yotadi (zargarning boshqa naqlida gilyok emali bilan qoplangan toshsiz yostiq). Bu g‘oya chuqur ma’noga ega emas, biroq mavzuga juda yaqin.

5. Mag‘rurlik

Кольцо

Ametist, olmos, pushti sapfir va ko‘k sapfir bilan bezalgan “Mag‘rurlik” uzugi tovus tasviriga bog‘langan va rang sxemasi binafsha rangda, bu yerda binafsha rangi qiroli – ametist orqali taqdim qilindi. Kompozitsiyadagi barcha uzuklar “qarang, men qanday ajoyibman” deb turadi.

6. Badnafslik

Кольцо

Kutilganidek, bu gunoh egasi o‘z barmog‘ini ochko‘zlik bilan yeb qo‘yayotgan hech to‘ymaydigan tish bilan og‘iz shaklida taqdim etilgan. Badnafslikdagi opal minerali qizil rang ustunligida yoqut bilan uqtirilgan. Nihoyat darajadagi iste’mol alangasi...

7. Zinokorlik

Кольцо

Haqiqiy tuyg‘ular va ma’nodan mahrum zinokorlik sovuq ko‘k tanzanit toshi bosimi ostida kulrang oyoqlarning bir-biriga tutashib ketishi orqali ifodalanadi. Zino yorqin va ehtirosli ekanligiga ishonish noto‘g‘ri ekanligi hisobga olinib, ushbu gunoh nihoyatda ochiq tarzda taqdim qilingan. Yo‘q, aslida u kulrang, umidsiz, kelajaksiz va nafratli.

Ushbu kolleksiya taqdimoti to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Sizningcha, iste’molchi bunday uzuklarni taqib oladimi yoki gunohlarini ochib berishdan qo‘rqadimi?

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.