Ettita loyiha xorijdan mutaxassis va texnika kelmagani uchun ishga tushmagan
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayevning ma’lum qilishicha, Prezidentimizning qarorlariga asosan 101 ta meva-sabzavotni qayta ishlovchi va eksport qiluvchilarga 558,6 milliard so‘m, banklar tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasidagi 135 tadbirkorlik sub’yektiga 72 milliard so‘m kredit ajratilgan.
Shuningdek, yana 43 loyihaga 30 milliard so‘m kredit ajratilishi rejalashtirilmoqda.
- “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi 4 loyihaga 25,3 milliard so‘m, xududlardagi kichik sanoat zonalaridagi 5 loyihaga 13,6 milliard so‘m kredit yo‘naltirilgan.
2017-2019 yillarda dasturlar doirasida tijorat banklari tomonidan 701 ta loyihaga jami 3 801 milliard so‘m kredit ajratilgan. Hozirgacha 148,5 milliard so‘mlik kredit mablag‘i hisobidan belgilangan 15 ta loyihaning 8 tasi ishga tushirildi. Ishga tushmagan 7 ta loyihada 148,5 milliard so‘m kredit ajratilgan. Biroq korxonalarda qurilish tugallanmagan, asbob-uskunalar, chorva mollari, texnika xorijdan keltirilmagan, ayrimlarida xorijdan mutaxassislar kelmagan.