Everest tog‘ini zabt etgan ko‘zi ojiz alpinist
Nafaqat Everest, butun dunyo bo‘ylab Erik zabt etmagan toq cho‘qqisi qolmadi. U shu bilan cheklanib qolmadi: chang‘ida yurdi, paraplanda uchdi, parashyut, baydarka va g‘avvoslik kabi ekstremal sport turlari bilan ham shug‘ullanadi.
Amerikalik Erik Vayxenmayer erta bolaligidan har doim qiyinchiliklarga qarshi chiqib, o‘zini sinab keladi. Erik basketbol, velosportni yaxshi ko‘rardi. Bu sport turlari bilan professional tarzda shug‘ullanishni xohlardi.
Lekin unga qo‘yilgan “ko‘z to‘r pardasining tug‘ma nuqsoni” tashxisi bu niyatlari amalga oshishiga to‘sqinlik qildi. Bundan tashqari, shifokorlar bir necha yil ichida Erik butunlay ko‘r bo‘lib qolishini bashorat qilishdi. Shunday ham bo‘ldi.
Bola uzoq vaqt davomida kasallikka qarshi chiqib, uni tan olgisi kelmadi. Bir nechta tayoqni sindirib, Brayl alifbosini o‘rganishdan bosh tortdi, qarindoshlarini ko‘zi ojiz kishilarni olib yuradigan yo‘lboshchi itga muhtoj emasligiga ishontirdi.
Erik sportni tashlamadi, u futbol va beysbol bilan shug‘ullana boshladi, lekin hech narsa ish bermasdi. Bundan unda depressiya kuchayardi, bola mashg‘ulotlarni to‘xtatib qo‘yar, lekin sportsiz yashay olmasligiga tushunib yetardi. Shundan so‘ng erkin kurashga qiziqqan Erik maktab jamosi sardori bo‘ldi, keyinchalik hatto erkin kurash bo‘yicha murabbiy bo‘lib yetishdi.
Erik birinchi marta 27 yoshida Alyaskadagi balandligi 6190 metr bo‘lgan “Denali” tog‘iga chiqib jahon rekordini o‘rnatdi.
2001 yil Erik Vayxenmayer uchun eng e’tiborli yil bo‘ldi, u Everest tog‘iga ko‘tarildi. Shundan so‘ng uning fotosurati Time jurnali muqovasida chop etildi. 2002 yilda Erik Solt-Leyk-Sitidagi Paralimpiya o‘yinlarining estafeta yakunidagimash’alini yoqdi.
Erik faqat toqqa chiqish bilan cheklanib qolmadi. U velomarafonlarga qiziqardi. Shuningdek, uningsevimli sport turlari to‘plamida parashyutdan sakrash va tog‘ daryolarida qayiqda suzish – raftingsport turi ham bor. Bundan tashqari, Erik planerda uchardi.
Vayxenmayerdan u qanday qilib toqqa ko‘tarilishini so‘rashganida, Erik: bo‘shliq bor ekan, demak uning yaqinida ilinib qolish uchun qoyaning turtib chiqqan joyi ham bo‘ladi, deb tushuntiradi. Bundan tashqari, u bolta yaxshi o‘rnatilganini eshitish qobiliyati orqali tekshirib ko‘rishni o‘rgandi. Va albatta, unga yordam beradigan ko‘rish qobiliyatiga ega alpinistlar bilan tog‘larga chiqadi.
“Hayotda har bir kishini “yiqitishi” mumkin bo‘lgan to‘siqlar uchrab turadi. Lekin biz ularni yengib, maroqli hayot kechirishga qodirmiz. Biz o‘zimiz, oilamiz va atrofdagilarimizning har jihatdan ma’noli hayot kechirishi tarafdorimiz”, - deydi 51 yoshli Erik Vayxenmayer.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.