Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Belarusga qarshi sanksiyalar joriy etishga rozi

Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlik rahbarlari, bir ovozdan Belarusga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Slovakiya TIV rahbari Ivan Korchok o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yakka tartibdagi cheklovlar “tinch namoyishchilarga nisbatan qo‘llanilgan zo‘ravonlik va saylov natijalarini qalbakilashtirganlarga” nisbatan qo‘llaniladi. YeI sanksiyalar joriy etilishi kutilayotgan shaxslar ro‘yxatini tuzishni boshlaganini qo‘shimcha qildi vazir.

Bundan tashqari, YeIning xorij va siyosiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Bosh vakili Jozep Borrel o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Yevropa Ittifoqi Belarusda o‘tkazilgan saylov natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi.