Yevropa: qurg‘oqchilik "qizil" darajasi joriy etildi

Fransiya hukumati qurg‘oqchilik oqibatlarini bartaraf etish uchun inqirozga qarshi shtab tashkil qilmoqda. Iyul oxirgi olti o‘n yillikdagi eng qurg‘oqchil oy bo‘ldi, yog‘ingarchilik 7 baravar kam yog‘di. Yuzdan ortiq mahallalar ichimlik suv bilan bog‘liq jiddiy muammolarni boshdan kechirmoqda, hosil xavf ostida qolgan.

Kristof Bechu, Fransiya atrof-muhit vaziri:

"Biz g‘ayrioddiy sharoitdamiz. Hech qachon bunday qurg‘oqchilikni boshdan kechirmaganmiz. Yomoni, bu qachon to‘xtashi aytib bo‘lmaydi".

Fransiyaning barcha departamentlari qurg‘oqchilik tufayli alohida nazorat ostida, ulardan 46 tasi xavfning eng yuqori darajasida, bu esa suvdan foydalanishda jiddiy cheklovlarni nazarda tutadi.

Shuningdek, Italiyaning 16 ta shahrida, jumladan, Rim, Milan, Florensiya va Genuyada xavfning eng yuqori - “qizil” darajasi joriy etildi. U yerda issiq havo harorati 40 darajadan yuqori. Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, dam olish kunlari, hatto tunda ham u +30 bo‘lishi mumkin.

Gollandiya hukumati fuqarolarni imkon qadar suvni tejashga chaqirmoqda: bularga hatto dushdan kam foydalanish, mashina yuvmaslik va maysazorlarga suv bermaslik kiradi. Bir necha kun oldin qirollikda suv taqsimotini tartibga soluvchi inqirozga qarshi guruh tuzildi. Mamlakatning ko‘plab daryolari shu qadar sayoz bo‘lib qolganki, nasoslar arang ishlayapti.

Bolgariya, Ruminiya va Serbiya chegaralari birlashtiruvchi Dunay kabi yirik daryolarning darajasi ham pasayib bormoqda. Hududlarda suv yuzasida qum orolchalar paydo bo‘lmoqda. Iyul oyining oxirida daryoning bir qancha qismlarida yuk tashish yopildi.