Fransiyada qurg‘oqchilik: Suvdan foydalanish cheklanmoqda
- 25.07.2022 11:17
- 52
- Xorij
Fransiyada qurg‘oqchilik tobora avj olmoqda. Yakshanba kuni mamlakatning mavjud 96 departamentidan 88 tasida suvdan foydalanishga cheklov qo‘yildi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Bog‘ va maysazorlarni kunduzi sug‘orish taqiqlandi, aholi imkon qadar suvni tejashga, xususan, basseynlarni suvga to‘ldirmaslikka chaqirilmoqda.
Qurg‘oqchilik deyarli butun mamlakatga ta’sir qilgan bo‘lsa-da, ayniqsa Pay-de-la-Luara va Puatu-Sharanta hududlari zarar ko‘rgan.
Bir necha hafta davomida kuzatilgan g‘ayrioddiy quruq, issiq ob-havo va o‘tgan qishda kam yomg‘ir tufayli suv zaxiralarini to‘ldirish va tiklash imkoni bo‘lmadi, deydi telekanal.
Meteorologlar xulosa qilishicha, yaqin kunlarda vaziyat yaxshilanishiga umid yo‘q, kelasi haftalarda Pireneyev va Alp tog‘laridan boshqa joyda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa