Italiyada qurg‘oqchilik: aholi guruch va baliqni asrab qolmoqchi

Italiya ekinlar, baliqlarni nobud qiluvchi va mahalliy korxonalarga zarar yetkazadigan qurg‘oqchilikning dramatik epizodini boshdan kechirmoqda.

70 yil ichidagi eng dahshatli qurg‘oqchilikka duch kelgan Italiya hukumati iyul oyi boshida beshta shimoliy mintaqada favqulodda holat e’lon qildi.

Sholichilar ekinlaridan ayrilayotganini aytishmoqda. Plantatsiyalarni to‘ldirish uchun suv yetarli emas. Xuddi shu holat makkajo‘xori dalalarida, sug‘orish kanallarida ko‘zga tashlanmoqda.

Piatsenzadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, odamlar quriydigan daryodan nobud bo‘layotgan baliqlarni qutqarishga harakat qilishmoqda. Ular kislorod bilan boyitilgan suv idishlariga solinib, yaqin atrofdagi daryolarga olib ketilgan.

Suv darajasi shunchalik pastki, Italiyadagi eng uzun daryoning butun uchastkalari to‘g‘onga aylandi. Dam oluvchilar deyarli yo‘q, sayozlik tufayli navigatsiya xavfli tus olgan.

Po daryosi agentligi bosh direktori Meuccio Berselli, bu so‘nggi 20 yil ichida mintaqadagi oltinchi inqiroz ekanligini tushuntirdi. Uning gaplariga ko‘ra, qurg‘oqchilik yana takrorlanadi, shuning uchun samarali kurash strategiyalari zarur. Yomg‘ir suvlarining to‘planishi, qishloq xo‘jaligida qayta ishlangan suvdan foydalanish imkonini beruvchi yangi tozalash inshootlarini loyihalash, suv tejash maqsadida quvurlarni ta’mirlash va zamonaviy, “aqlli” sug‘orish tizimlarini rivojlantirish shular jumlasidandir.

Ammo bularning barchasi vaqt va mablag‘ talab qiladi. Ayni paytda, ayrim joylarda ichimlik suv taqchilligini to‘ldirish uchun qisqa muddatli yechimlar izlanmoqda. Sisternalar Maggiore ko‘li bo‘yidagi qishloqlarga olib borilmoqda.