Fransiyada qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
- 23.08.2022 09:51
- 89
- Xorij
Fransiyaning 78 departamentida suvdan foydalanish cheklovlari va qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi, deb xabar bermoqda mamlakat Atrof-muhitni yaxshilash vazirligi.
Avvalroq Fransiyaning 93 ta departamenti qurg‘oqchilik tufayli suvdan foydalanishga cheklovlar kiritgan edi. Ushbu hududlarda suvdan faqat ichimlik, tibbiy, fuqarolar xavfsizligi va sanitariya maqsadlarida foydalanishga ruxsat beriladi.
Suvdan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, avtomashinalarni yuvish, shaxsiy hovuzlarni suv bilan to‘ldirish ham taqiqlanadi.
Fransiyada bu yozda allaqachon bir necha jazirama kuzatilgan, havo harorati 40 darajadan oshgan. Yuqori harorat tufayli yuzaga kelgan qurg‘oqchilik ortidan iyul oyida butun respublika bo‘ylab suvdan foydalanishga cheklovlar joriy etilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa