Evropada yangi yong‘inlar

Fransiya

Mamlakatning Rivera hududida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida ikki kishi halok bo‘ldi. O‘rmonda boshlangan yong‘inga uch kun bo‘ldi, ammo hamon o‘chirib bo‘lmayapti.

Yong‘inni o‘chirishga 1100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. Mahalliy aholi va sayyohlarni evakuatsiya qilish davom etmoqda.

Janubiy Fransiya - bu yozda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan Yevropadagi oxirgi mintaqa bo‘ldi. O‘rta yer dengizi mintaqasida havo harorati rekord darajaga ko‘tarildi. Qurg‘oqchilik yong‘in avj olishiga yordam berdi.

22 kishi, asosan, yonish mahsulotlaridan zaharlanish natijasida tan jarohatlari olgan.

Seshanba kuni yozgi ta’tilini Kot-d’Azurda o‘tkazayotgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ofat hududiga yetib keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng yomoni ortda. Prezident bahosiga ko‘ra, "keyingi soatlar" "mutlaqo hal qiluvchi" bo‘ladi.

Yong‘in Marv tekisligini katta qismini vayron qilgan holda, 7000 gektardan ortiq yerni qamrab oldi.

Gretsiya

Gretsiya hali olov stixiyasini yenga olmadi. Afina shimoli-g‘arbidagi yangi o‘choq katta yong‘inga aylandi, u katta o‘rmon maydonlarini yo‘q qildi.

Yuzlab o‘t o‘chiruvchilar samolyot va vertolyotlar yordamida poytaxtdan 56 kilometr uzoqlikdagi Viliya qishlog‘i turar-joy binolariga yaqinlashayotgan yong‘inni to‘xtatishga harakat qilmoqda.

Bu oyda Yunoniston bo‘ylab o‘n yillar davomida birinchi marta kuchli shamol va issiq avj oldirgan yuzlab o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi.

Ispaniya

Mamlakat markazida Avila provinsiyasi o‘rmonlarida sodir bo‘lgan yong‘in nihoyat nazorat ostiga olindi, biroq bundan oldin u 20 ming gektardan ortiq o‘rmonni yoqib yubordi.

Olov shanba kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida yonib ketgan mashinadan tarqaldi.

G.Xoldorova tayyorladi.