Eynshteyn o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashganmi?

O‘z davrining ulug‘ olimi Albert Eynshteyn nafaqat fizik, balki o‘zining g‘ayrioddiy fikr va bayonlari bilan ko‘pni hayratga solgan inson sifatida tanilgan. 1930 yilda u bergan intervyusida vaqt va makonga sayohat qilish hech qanday murakkab narsa emasligini ta’kidlagan.
U sayyorada vaqtincha sayohat qilish uchun eshiklari ochiq kamida 180 ta portal borligi, ammo bizdan ajralib turmasligi sabab ularni tanib bo‘lmasligini, mabodo siz bunday nuqtaga yetib qolsangiz, turgan joyingizda qolib, umuman boshqa davrda – kelajak yoki o‘tmishga tushib qolishingizni taxmin qilishingiz mumkin. Faqat bunisi hozircha o‘rganilmagan, deb aytgan.
Olimning fikriga ko‘ra, o‘sha paytda insoniyat bunday sayohatlarga moslashmagan. Ammo kelajakda bu kabi sayyohatlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi. Olim vaqt sayohatchilari bilan bir necha bor aloqa qilganligini ham ta’kidlagan. Ular g‘alati kiyingan bo‘lishiga qaramay, juda tiniq fikr yuritgan va o‘z davri uchun aql bovar qilmaydigan narsalarni aytgan.
Buyuk olimning odamlar sayyoradagi yagona irq emasligiga muqaddas ishonganligi ham jamoatchilikni hayratga solgan. U kelgindilar yerga muntazam ravishda tashrif buyurib, insoniyatni o‘rganib turishini qayta-qayta ta’kidlagan. Eynshteynning aytishicha, vaqt o‘tishi bilan insoniyat sayyoralarni aylanib chiqishga va mahalliy sivilizatsiyalardan tajriba orttirishga imkon beradigan texnologiyalarni yaratishi mumkin.
Fizikning yana bir dahshatli bayonoti shu bo‘ldiki, kashfiyotlari va yutuqlarini kuzatib borayotgan boshqa sivilizatsiya vakillari tomonidan uning o‘zi o‘rganilganligi to‘g‘risidagi vahiysi edi. Olim ajnabiylar u bilan aloqada bo‘lish ehtimolini istisno qilmaydi. Axir u juda aqlli va o‘qimishli inson edi-da.
Ajablanarlisi, Eynsheynning musofirlarni ko‘rganligi to‘g‘risidagi hikoyasi. Bu hodisa uning dala hovlisida sodir bo‘ldi. Hovlida dam olib turib, u osmonga qaradi va ikkita porlayotgan quyoshni ko‘rdi – ulardan biri ulkan sariq sharga o‘xshardi. Aynan shu ob’yekt fizikning boshi tepasida joylashgan edi. “O‘sha lahzada men o‘zimni chumolidek his qildim”, dedi u. O‘zini qumursqa bilan tenglashtirgan olim uning hayoti nihoyatda xavf ostida bo‘lganligini, biz hasharotni bosib, ezib tashlaganimizdek, uning o‘zi o‘rganilmagan hodisa tufayli shu tarzda yo‘q qilinishi mumkinligini aytgan. Kelgindilar esa o‘zini ko‘rsatishni istamasdan, buyuk olim bilan aloqa qilishga jur’at etmasdan, uni uzoqdan kuzatib, keyin jo‘nab ketishdi.
Olimning daholigiga qaramay, hamma ham uni yetarli darajada aniq fikrlashiga ishonmagan.
Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.