Faqat qiz tug‘iladigan qishloq
Ha, bu afsona emas, ayni haqiqat. Ya’ni, Polsha bilan Chexiya chegarasidagi Meysse–Odjonsk degan qishloqda bo‘layotgan holat.
Meysse-Odjonskning aholisi 300 kishidan iborat. Ammo gap aholi sonida emas: qishloq ilohiy dalil bilan dong taratgan. Bu yerda faqat qizlar tug‘iladi.
Bu g‘ayritabiiy hodisa qadim davrlardan buyon davom etib keladi. Qishloq oqsoqoli hatto o‘g‘il ko‘rgan oilaga katta mukofot va’da qilgan. Biroq hozircha g‘alati an’anani buzish, ya’ni o‘g‘il ko‘rish birorta oilaga nasib etgani yo‘q.
***
Kolumbning hiylasi
Xristofor Kolumb o‘zining to‘rtinchi ekspeditsiyasi chog‘ida komandasi bilan Yamaykada bir yil yashashiga to‘g‘ri keldi. Mahalliy aholi avvaliga mehmonlarni jon-jon deb yegulik bilan ta’minlab turdi. Ammo keyinchalik yegulik keltirishi kamaydi.
1504 yil 29 fevralda to‘liq Oy tutilishi kutilayotgan edi. Kolumb bundan foydalandi. U hindu dohiylariga mehmonlarga yaxshi qarashmayotgani bois Xudosining jahli chiqqanini bildirdi. Oy qizarib, g‘oyib bo‘lganida dohiylar dahshatga tushishdi.
Shunda ular darhol “aybdor” ekanliklarini tan olishdi. Biroz o‘tib Kolumb ularni tinchitdi: “Xavotir olmanglar, sizlar kechirildinglar, ana Oy yana ko‘rindi”, dedi.
Hindular xursand bo‘lib, Kolumb komandasi azolariga yana yegulik keltira boshlashdi.
T.Shomurodov tayyorladi.