Farg‘onadagi ikki qavatli uyda portlash yuz berdi
- 18.11.2019 14:28
- 165
- Hodisa
Farg‘onada ikki qavatli uylarning birida portlash yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Bugun, 18 noyabr kuni soat taxminan 12:00 da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Hamid Olimjon mahallasida ikki qavatli uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda fuqaro I.X. jarohat olgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
"Voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyilgan xabarda.
Teglar:
portlash
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa