Farg‘onalik jurnalistlar Samarqandda bo‘ldi
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari birlashmasi a’zolari hamda bir guruh jurnalistlar Buxoro va Samarqand viloyatida safarda bo‘lishdi.
- Bu ikki shahar qadimiyligi, aziz avliyolari va muqaddas qadamjolari bilan dunyoga mashhur, - deydi “Farg‘ona tamadduni” gazetasi bosh muharriri Muqaddas Shokirova. – Bahorning injiqliklari bo‘y ko‘rsatib, yomg‘ir yoqqan bo‘lsa-da, barcha tarixiy va diqqatga sazovor joylarni aylanishga, ijodiy ilhom olishga ulgurdik. Dastlab Birinchi Prezidentimiz qabrlarini ziyorat qilib, majmuada olib borilgan qurilish va bunyodkorlik ishlarining guvohi bo‘ldik.Tarixga hamohang qurilgan zamonaviy binolar, salobatli Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, mashhur "Siyob bozori", Samarqand nonlari har qanday odamni o‘ziga mahliyo etadi. Shubhasiz, Samarqand so‘nggi yillarda yangicha qiyofa kasb etgan, desak adashmaymiz.
Shuningdek, mehmonlar Registon maydonida 3D formatdagi shouni tomosha qilishdi.
Nasiba JONTO‘RAYEVA.