Favqulotda yog‘ingarchilik Seulda suv toshqinlarini yuzaga keltirdi

Kuchli yog‘ingarchilik, 6 avgust kuni Xangan daryosi suv sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi, oqibatda Janubiy Koreya poytaxtida suv toshqinlari yuzaga keldi. Shu munosabat bilan Seul ma’muriyati qirg‘oq bo‘yi va tez yurar trassalarni yopdi. Bundan tashqari, bir qancha ko‘priklar ham yopilganligi to‘g‘risida ma’lum qilindi.

Mamlakatda tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irlar tufayli yuzaga kelayotgan tabiiy ofatlar, avgust oyining boshidan beri 16 kishini hayotiga zomin bo‘ldi, yana 11 kishi bedarak yo‘qoldi. 1.6 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Besh mingdan ortiq inshoot va bino suv ostida qoldi yoki vayron bo‘ldi. Bundan tashqari, 8 ming gektar qishloq xo‘jaligi maydonlari suv ostida qoldi.

Janubiy Koreya ob-havoni kuzatish boshqarmasi, 6-7 avgust kunlari mamlakatning janubiy hududlarida favqulotda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatilishi haqida ogohlantirish e’lon qildi.