Fermer xo‘jaligi molxonasida 15 bosh qora mol tiriklayin yonib ketdi
- 08.08.2019 17:49
- 477
- O‘zbekiston

Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘i Jayxun MFYda joylashgan “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘indan molxonaning 80 kv.metr maydoni va 5 bosh qora mol qutqarib qolingan.
“Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kv.m maydonda tomi va u yerda saqlangan xashak yonib zararlangan, shuningdek 15 bosh qora mol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan”, - deyiladi DYoXX xabarida.
Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- Kecha, 14:39
- O'qing, qiziq!
Noqonuniy qurilishlarga barham beriladi(mi?)
- 06/09, 10:39
- Samarqand