Festival doirasidagi tadbirlarda mehmonlarga 145 ta yangi zamonaviy transport vositalari xizmat ko‘rsatadi
Samarqand shahrida mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Shuningdek ko‘hna kent yana nufuzli tadbirlardan biri “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Ana shunday qutlug‘ kunlarda “O‘zbekiston-buyuk yo‘llar va sivizizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlarda ishtirok etish uchun dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 650 nafar mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Ularni munosib kutib olish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rilyapti.
40 ta “Malibu” va 30 ta “Captiva” rusumli yengil avtomashinalar, 20 ta mikroavtobus, 15 ta yangi zamonaviy yumshoq 50 o‘rindiqli va 40 ta “ISUZU” avtobuslari mehmonlarga transport xizmati ko‘rsatish uchun shay holatga keltirilgan. Mazkur transport vositalarini boshqarish uchun 164 nafar malakali haydovchilar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
To‘lqin Siddiqov.