Fransiya eronlik jurnalistning qatl etilishiga munosabat bildirdi
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda yashagan Amad News yangiliklar portali rahbari Ruxoll Zamning qatl etilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
Fransiya mutasaddilari jurnalistning qatl etilishini Eronning so‘z erkinligiga qilingan bosim va «Mamlakatning jahon hamjamiyati majburiyatlariga zid bo‘lgan, vahshiyona va nomaqbul akt deya baholashdi. Fransiya har qanday joy va holatda ham o‘lim jazosidan doimiy ravishda voz kechish tarafdori bo‘lgan», deyishmoqda ular.
Eronlik jurnalist 12 dekabr kuni qatl etildi. Bir necha kun oldin Eron Oliy sudi iyun oyidagi hukmni tasdiqladi.
Zam 2019 yil oktyabr oyida Islom inqilobi soqchilari korpusi tomonidan hibsga olingan edi. Ta’kidlanishicha, razvedka jurnalistni ko‘p yillar davomida kuzatib kelgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u xorijiy razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan va «mamlakatni sarosimaga olib kelinishi»ni ko‘zlagan. Shu yilning iyun oyida unga nisbatan o‘lim jazosi tayinlandi.
2017-2018 yillarda Ruxoll Zam Yevropa norozilik aksiyalarini yoritishda faol ishtirok etgan edi. Doimiy yashash joyi esa Fransiya bo‘lgan. Eron rasmiylari esa Amad Newsni hukumatga qarshi manba deb hisoblashgan.