Fransiya va Angliya SSSRga Gitlerdan oldin hujum qilmoqchi bo‘lgan
1940 yilda Buyuk Britaniya Fransiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan Eron va Turkiyadan foydalanib, Ozarbayjon neft sanoatini o‘z nazoratiga olishga intildi. “Nayza” operatsiyasi ig‘vogarona rejasi londonlik strateglar xayolida paydo bo‘lgandi. Ular siyosiy neft konlarini ommaviy bombardimon qilishni rejalashtirgandilar.
Rasmiy taxminlarga ko‘ra, Parij va London shu tariqa Berlinni SSSR neft resurslaridan mahrum etmoqchi edi. Ammo bu aslida asl maqsad yashiringan niqob edi. O‘sha vaqtda SSSRda neft qazib olish va qayta ishlash asosiy qismi Kaspiybo‘yi hududida joylashgandi. Yaqinda britan Daily Express nashrida e’lon qilingan tarixchi Shon Mak-Mikinning hikoya qilishicha, 1940 yil 6 yanvarda Britaniya Vazirlar Mahkamasi sovet Kaspiybo‘yi hududini bombardimon qilishni muhokama etgan. Bu sovet industriyasi va harbiy siyosatini izdan chiqarishga olib kelishi ta’kidlangan. Ana shunda Gitler o‘zining Fransiyaga hujum qilish rejasini o‘zgartirib, zora Rossiyaga burilib ketsa... Aslida gap SSSRni Germaniya, Fransiya va Angliya o‘rtasida bo‘lib olish haqida borardi.
«Mart-aprelda britaniyaliklar SSSR bilan urushga jiddiy kirishdilar, - deb ta’kidlaydi Mak-Mikin. – Fransuz hukumati esa general Moris Gamelenga sovet hududiga bostirib kirish rejasini amalga oshirishni topshirdi. AQSh elchisi Uilyam Bullit prezident Franklik Ruzveltni fransuzlar SSSRni zaiflashtirishning eng maqbul yo‘li Bakuni bombardimon qilishni ko‘zlayotganidan xabardor qildi».
National Interestda tarixchi Maykl Pekni yozishicha, Stalinning antinatsist kaolatsiya tuzish rejasi shunday qarshilikka uchradiki, u kapitalistlar Germaniya va SSSRni to‘qnashtirmoqchi ekanligiga to‘la ishonch hosil qildi. Oqibatda holdan toydirgach, bu dahshatli urushda G‘arb g‘olib chiqishi lozim edi. Bu SSSRni Germaniya bilan «Molotov-Ribbentrop» paktini imzolashga undadi. SSSR Sharqiy Polsha va Boltiqbo‘yi yerlarini oldi. Gitler esa Polsha bilan bo‘lishdi, endi faqat uni Germaniya bilan qo‘shish qolgandi.
Ana shunda Germaniya Yevropa orqali SSSRni Sharqdan hujum qilishidan xavotir olmasa ham bo‘lardi. SSSR Germaniyaga muhim xomashyo, eng avvalo, neft yetkazib berishga rozi bo‘ldi.
O‘shanda SSSRga janubdan zarba berishga qaror qilindi. Bombardimon Eron, Turkiya va Suriyadagi bazalardan amalga oshirilishi zarur edi. Tungi hujumda yondiruvchi bombalar yog‘dirishda yuzlab britan va fransuz samolyotlari ishtirok etishi rejalashtirilgandi.
Martda Iroqdagi bazasidan uchgan britan razvedka aviatsiyasi Baku va Groznadagi neft komplekslarini suratga oldi. 1 aprelda britan bombardimonchi samolyotlarining to‘rtta eskadrilyasi Yaqin Sharq qo‘mondonligi ixtiyoriga berildi. Fransuzlar esa 15 maygacha Suriyada yangi aerodromlar qurishni tezlashtirdi, minglab tonna bomba tashib keltirildi. SSSRga qarshi urushga tayyorgarlikni uch oyda tugallash rejalashtirildi.
Sovet razvedkasi London va Parijning rejasi haqida Kremlni ogohlantirdi. Baku zenit to‘plari bilan qoplandi. Ammo kutilmagan voqea sodir bo‘ldi va bu SSSRga hujumni uzil-kesil chippakka chiqardi: 10 mayda Gitler Fransiyaga bostirib kirdi, uning qo‘shinlari tezlik bilan Parijga qarab harakatlandi. Nemislar fransuzlar bosh shtabi poyezdini qo‘lga oldilar. Unda SSSRga hujum hujjatlari bor edi. Bu Kavkazga bostirib kirishda fashistlarga asqotdi.
“Mir novostey” (2021 y, 18-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.