Fransiyada politsiyachilarning qotili o‘lik holda topildi

Oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha chaqirilgan uchta politsiyachining qotili o‘lik holda topildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi rahbari Jerald Darmanen o‘zining Tvitter akkauntida xabar berdi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari zo‘ravonlik haqida chaqiriqqa yetib kelgach, otib o‘ldirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, tajovuzkorning rafiqasi zarar ko‘rmagan - u uyning tomiga yashiringan. Uch nafar politsiyachining o‘limi va birining yaralanishi 23 dekabr kuni ma’lum bo‘lgan. Tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Avvalroq Darmanen halok bo‘lgan politsiyachilar oilalariga hamdardlik bildirdi. Qayd etilishicha, 48 yoshli qotilni 300 dan ortiq politsiya xodimi qidirmoqda. U o‘z uyida yong‘in chiqarib qochib ketgan edi, deya xabar bergan edi “Le Monde” nashri.