Fundudzi qora ko‘lining siri: nega undan olingan suv kishining ko‘z oldida yo‘q bo‘lib qoladi?

Afrika azaldan o‘zining sirlari bilan butun dunyo bo‘ylab tadqiqotchi va olimlarni jalb qilib keladi. U yerda hozirgacha o‘zining tilsim va afsonalari, qadimiy urf-odatlari bilan yashaydigan qabilalarni uchratish mumkin. Janubiy Afrikaning shimoli-sharqiy qismidagi Limpopo provinsiyasida sayyoramizning yana bir sirli artefakti – Fundudzi ko‘li bor.

Опасное для случайно забредших сюда путников озеро Фундудзи

Ko‘lning maydoni bir yarim kvadrat kilometrni tashkil qiladi, chuqurligi esa 27 metrga yetadi. Xo‘sh, nima uchun u olimlarni o‘ziga jalb etadi va nega mahalliy qabilalar uni muqaddas deb hisoblaydi?

Uning suvi qora rangga ega. Undagi suv okeandagi kabi ko‘tariladi va pasayadi, ko‘lni ko‘plab soylar va Mutvali daryosi to‘yintirishiga qaramay u toshib ketmaydi, idishga olingan suvi yo‘qoladi, so‘ng yana paydo bo‘ladi, suv omboriga tushib qolgan yoki undan suv ichgan kishi vafot etadi.

Vhatatzindi qabilasi afsonalariga ko‘ra, qadimda bu yerdan bir moxov o‘tgan ekan. U mahalliy aholidan unga oziq-ovqat va boshpana berishni so‘raydi va rad javobini olgach, ulardan xafa bo‘lib makonni falokat girdobiga g‘arq bo‘lishini so‘rab la’natlaydi. Boshqa rivoyatlar u yerda ko‘lni qo‘riqlaydigan ulkan bo‘g‘ma ilon yashashi haqida so‘zlaydi. Mahalliy aholi unga sajda qiladi va vaqti-vaqti bilan marosimlar o‘tkazib turadi.

Birinchi tadqiqotchilar va qurbonlar

1947 yilda ikki aka-uka ko‘lning xavfliligi haqidagi afsonalarni sinab ko‘rishga jur’at etadi. Ular ko‘l bo‘ylab kanoeda suzishga qaror qilishadi. Birodarlardan biri qirg‘oqda qolib, ikkinchisi esa qayiqda suzib ketadi. Ko‘lning o‘rtasiga kelib qayiq to‘xtab qoladi: u na oldinga, na orqaga - hech qanday harakat qila olmas edi. Shundan so‘ng suvda ulkan bir “og‘iz” paydo bo‘lib, yigitni yutib yuboradi.

Фундудзи

Keyingi tadqiqotchilar haqiqiy olimlar Bill Kleyton va Alan Ellis tomonidan o‘tkazilgan. 1953 yilda ular sirli Fundudzini o‘rganish uchun bu joyga kelishadi. Shishalarga suv namunalari olgan olimlarning ertasi kuni garchi yoriq va teshiklarsiz idishlar germetik tarzda yopilgan bo‘lsa-da, ichidagi suv yo‘qolib qolganini ko‘rib hayratda qolishadi.

Suvning yo‘qolib qolish xususiyatini boshqa ekspeditsiya ham tasdiqlaydi. Xuddi shu tarzda suv ularning yopiq idishlaridan g‘oyib bo‘ladi. Tajribalarga ishtiyoqi kuchli professor Bernsayd suvni tatib ko‘rib, bir necha kundan so‘ng kasalxonada ingichka ichak yallig‘lanishidan vafot etadi.

Один их жутких Африканских водоемов

Bu joydagi odamlarning sirli o‘limining yana bir misoli bir yil o‘tib, 1954 yilda bu yerdagi ko‘p sonli timsohlar (aytgancha ko‘lda ular o‘zlarini juda yaxshi his qilishadi) ovchilari kelganda sodir bo‘ladi. Ularning timsohlarga qarata uzilgan biror bir o‘qi nishonga tegmaydi.

Otishma tugagach suvdan ulkan qora timsoh sudralib chiqadi. Barcha ovchilar (faqat bir kishidan tashqari) xavfsiz masofaga qochib ketishadi. Garchi quroldoshlari uni chaqirsa-da, u xuddi sehrlangandek, qimirlamasdan joyida turaveradi. Natijada yirtqich bechorani ushlab, suvga sudrab ketadi.

Для людей вода озера Фундудзи ядовита, но крокодилы отлично здесь живут

Olimlar jumboq yechimiga yaqinlashmoqda

Bu ko‘lga suv hajmini soatiga 12 million litr suvga oshirib deyarli yuzta soy va bitta “salmoqli” daryo quyiladi. Biroq ko‘ldagi suv oshib ketmaydi, suv ombori okeanga daxlsiz bo‘lsa-da, har kuni dengiz va okeanda bo‘lgani kabi suv ko‘tarilish va pasayish holatlari kuzatiladi. Bir qultum ichilgan suv esa odamni o‘ldiradi.

Hanuzgacha Fundudzi ko‘lining bu sirlari oxirigacha ochilmagan. Ammo xlor zarralari kashf etilgandan so‘ng, ko‘pchilik uning mistik xususiyatlarining tabiiy kelib chiqishi haqida gapira boshladi.

Ehtimol, ko‘lda jismoniy holatni o‘zgartirishga moyil bo‘lgan xrom tuzlari ko‘pdir. Tuzlarga boy suv past harorat tufayli kechasi kristallanadi, natijada suv pasayadi. Xuddi shu holat probirkalarda ham sodir bo‘lsa ajabmas. Xlor tuzlari odamlar uchun zahar, shuning uchun uni tatib ko‘rganlar halok bo‘lgan. Lekin buni tasdiqlovchi tadqiqotlar hali o‘tkazilganicha yo‘q. Afrika o‘z sirlarini saqlashda davom etmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.