Fuqarolar yig‘ini raisi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarasa uning vakolati muddatidan ilgari tugatiladi

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qo‘pol ravishda buzuvchi, rais (oqsoqol) maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yig‘ini obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojo‘ya ishlar sodir etgan, shuningdek o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan qaror qabul qilinganda;

u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;

u sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda;

u vafot etganda.