Fuqarolar yig‘ini raisi qancha muddatga saylanadi?

Savol: Yaqinda mahallada saylov bo‘ladi deb eshitdim. Fuqarolar yig‘ini raisini saylash huquqiga kimlar ega bo‘ladi?

T.Olimova,

Samarqand tumani.

Javob: Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘ladi.

Manba: “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

 

Savol: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida kimlar ishtirok etishi mumkin emas, nima uchun?

D.Sotiboldiyev,

Tayloq tumani.

Javob: Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishi mumkin emas.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

Manba: “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

 

Savol: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida qatnashish majburiymi?

J.Davlatov,

Jomboy tumani.

Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Manba: “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

 

Savol: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) qancha muddatga saylanadi?

V.Jamolova,

Samarqand shahri.

Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tomonidan uch yilga saylanadi.

Manba: “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.