Fuqaroning nosoz chiqqan kir yuvish mashinasi yangisiga almashtirib berildi

Payariq tumani Go‘zal mahallasida yashovchi Nafisa Oltinova Xalqobod  ko‘chasida joylashgan  “Artel kredit” maishiy texnikalar markazidan avtomat kir yuvish mashinasini sotib oldi. Uyiga olib kelib o‘rnatgach, qisqa vaqt ichida mashina ishlamay qoldi. Nosoz chiqqan mahsulotni savdo markaziga olib kelganda, sotuvchi uni almashtirib berishni yoki pulini qaytarishni rad etdi.

Nafisa Oltinova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch”  telefoniga murojaat qildi. Murojaat hududiyligi bo‘yicha Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati viloyat hududiy birlashmasi mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaat muallifining foydasiga qanoatlantirilib, fuqaro N.Oltinovaga kir yuvish mashinasi “Artel kredit” servis xizmati tomonidan boshqasiga almashtirib berildi.

Shavkat HAMRAYeV,

hududiy birlashma matbuot, axborot va jamoatchilik bilan ishlash sektori mutaxassisi.